Vobkent tumanida “Eng kitobxon oila” tanlovi o‘tkazildi
Ma’naviyat, maktabdan tashqari ta’lim
21 / 04 / 2021
Oilalarda kitobxonlikni targ'ib qilish orqali kitobxonlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularda mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikma hamda malakalarini shakllantirish, ma’naviy tahdidlarga nisbatan sog'lom immunitetni rivojlantirish maqsadida kitobxon oilalar o‘rtasida "Eng kitobxon oila" ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi 5 ta shart asosida o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, joriy yilning 21-aprel sanasida 3 ta shart bo‘yicha ishtirokchilar bellashishdi.
Ushbu tanlovda tuman hokimligi, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, tuman Axborot-kutubxona markazi, tuman xalq ta’limi bo‘limi, O‘zMTDP tuman Kengashi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Yusuf NASULLAYEV, Vobkent tumani hokimining maslahatchisi