Men nechun sevaman O‘zbekistonni?
Respublikamizning turli hududlarida, tashkilot va muassasalarida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, atoqli jamoat arbobi Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar keng miqyosda o‘tkazilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan ham Yunusobod tumanining 220- maktabida “Men nechun sevaman O‘zbekistonni?” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir uyushtirildi. Tadbirda Toshkent xalq ta’limi bosh boshqarmasi metodik xizmat bo‘limi metodisti Nazira Matlatipova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Bobur Bobomurod, Turon Fanlar Akademiyasi a’zosi, shoir Po‘lat Xudoyberganov Jumanovich, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Umida Abduazimova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Farog‘at Xudoyqulova va bir guruh o‘qituvchi hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar Abdulla Oripovning betakror ijodiy merosi, uning Vatanga muhabbat , vafo va sadoqat tuyg‘usini, oliyjanob insoniy fazilatlarni madh etgan yetuk badiiy asarlari, sermazmun hayoti va ijtimoiy faoliyatining xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos o‘rni va ahamiyati haqida gapirib o‘tishdi.
Shuningdek, Toshkent shahar xalq ta’limi bosgarmasi tasarrufidagi maktablarning 7- 11-sinf o‘quvchi yoshlari o‘rtasida “Men nechun sevaman O‘zbekistonni?”, “Men sevgan shoir” mavzularida insholar ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlovda faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar TShXTBB sining faxriy yorliqlari hamda Yozuvchilar uyushmasining esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandi.
Gulbahor RAHIMOVA, Yunusobod tumani XTB metodisti