Bugun a'lochi o‘quvchi — ertaga mohir tikuvchi
Oqqo‘rg‘on tuman 2- son kasb-hunar maktabida Worldskills standartlari asosida “Tikuvchi” kasbidagi o‘quvchi yoshlarning kasbiy malakalarini yanada oshirish maqsadida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan hamkorlikda “Bugun a'lochi o‘quvchi — ertaga mohir tikuvchi” deb nomlangan kasb musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada o‘quvchilar “Zamonaviy pardalarni bichish, tikish va ilish” topshirig‘ini olib, belgilangan vaqt oralig‘ida yo‘l-yo‘riqli xaritaga asosan ketma-ket a'lo darajada bajardilar. Musobaqa natijalariga ko‘ra “Atlas” jamoasidan R.Abdukarimova 1-darajali, “Adras” jamoasidan S.Toshpo‘latova 2- darajali diplomlar bilan hamda jamoalardagi faol qatnashgan o‘quvchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdilar.
E'tiborlisi, Institutning “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedasi professori M.A.Mansurova tomonidan “Yengil sanoatdagi zamonaviy jihozlar” mavzusida seminar-trening hamda shu kafedraning katta o‘qituvchisi D.X.Isayeva tomonidan “Modalar texnologiyasi” bo‘yicha Worldskills namoyish imtihoni haqida taqdimot o‘tkazildi. Trening va taqdimotdan so‘ng o‘quvchilar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Qizg‘in muhokama va savo l-javoblar tarzida kechgan bellashuv Worldskills musobaqalariga tayyorgarlik yuzasidan o‘quvchilarning tikuvchilik kasbi bo‘yicha ko‘nikmalarini yana bir bor sinovdan o‘tkazdi.