Adabiy til qay ahvolda?
Darsliklar bugungi kun o‘quvchisiga nafaqat bilim beradi, balki uning mantiqiy fikrlashi, so‘z boyligini ham oshiradi. Kun sayin kamchiliklardan xoli, mukammal darsliklar yaratilishiga urinilmoqda. Hozirgi kunda, amalda bo‘lgan 8-sinf “Ona tili” darsligi bugungi kun talablariga mos ravishda ishlanishga urunish desak yanglishmagan bo‘lamiz. O‘quvchi ilmiy dunyoqarashini oshirish bilan birga, mumtoz lug‘atlar bilan ishlash barobarinda so‘z boyligini ham oshiradi. Bu, hatto, o‘qituvchini ham izlanishga chorlaydi. Ko‘pchilik ustozlarning talab va istaklariga binoan aynan shu darslik asosida juda ko‘plab uslubiy qo‘llanmalar yaratildi.
Ammo darslikda haliyam aniq mulohazaga muhtoj o ʻ rinlar mavjud . Jumladan , “ Ajratilgan bo ʻ laklar ” mavzusidagi keltirilgan misol bizni chuqurroq mulohaza qilishga chorlaydi :
Mazkur misoldagi “oka” soʻzi ilmiy qoida ichida mos tanlanmaganday, nazarimizda. Balki, bu biror badiiy asardan olinayotgandir(badiiy asar nomi ham keltirilmagan), ammo Toshkent shevasiga xos soʻzlarni darslikning ilmiy qoida kiritilgan oʻrnida qoʻllanishi maqsadga muvofiq emas. Hozirgi kun ona tili va adabiyotiga qoʻyilgan asosiy talablardan biri oʻquvchilarning sof adabiy tilga so‘zlashga o‘rgatishdir. Afsuski, hozirgi kunda televideniye, radio, ijtimoiy tarmoqlardagi axborot matnlari adabiy tilida emas, balki Toshkent shevasida olib borilyapti. Adabiy til tushunchasi faqatgina darslik tili boʻlib qolmoqda. Ammo buni ham buzilish holati dilimizni xira qilmoqda. Adabiy til nufuzini oshirish boʻyicha amaliy harakatlar boshlanmasa, kun kelib Toshkent shevasi tub aholining soʻzlashuv tiliga aylanib qolishi mumkin. Tilimizning jilosi yoʻqolmasligi uchun nafaqat fan fidoyilari, balki OAV, rahbarlar, oddiy insonlar ham kurashmogʻi lozim. Umid qilamizki, bizning mulohazalarni togʻri tushungan holda, kelgusi nashrlarda darslik mualliflari ushbu fikrlarimizni inobatga olishadi.
Biz hech kimni tanqid qilmoqchi emasmiz, ammo darslik oʻquvchilar uchun sof adabiy tilning nufuzini oshiruvchi yagona manbadir. Shunday ekan, bu jarayonda har birimiz oʻz mas’uliyatimizni his qilmogʻimiz darkor. Shundagina ona tilimiz oʻz tarovatini aslo yoʻqotmaydi.
Nafisa RAJABOVA,
Zarafshon shahridagi
2-umumta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi