Ajoyib farzand yoxud Pirnazar Davronov tajribasidan...
Ajoyib farzand yoxud Pirnazar Davronov tajribasidan...
“Vatan ostonadan boshlanadi” – har bir shaxs tug ‘ ilib voyaga yetar ekan, uning tarbiyasida, qarashlarida o ‘ sgan joyining, yurtining nasimi, urf-odatlari aks etib turadi. Bu g ‘ oyani inkor qilamizmi-yo ‘ qmi, bizni shu jamoa, shu zamon tarbiyalaydi va buning natijasi, albatta, yurtga, el-u xalqqa qaytajakdir.
Bugungi kunda Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi professori sifatida faoliyat yuritayotgan el farzandi Davronov Pirnazar Ziyatovich 2009-yildan buyon o ‘ zi tug ‘ ilib o ‘ sgan Nurobod tumaniga qarashli Jom qishlog ‘ ida “Professor Pirnazar Davronov izd o shlari” nomli olimpiadani o ‘ tkazib keladi.
Ushbu olimpiada asosan Jom qishlog ‘ ida , shu bilan birga Ibrohim ota, Anjirli, Sariko’l qishloq maktablarini qamrab olishga qaratilgan bo‘lib, jami 14 ta umumiy o ‘ rta ta’lim maktablarining iqtidorli o ‘ quvchilari o ‘ rtasida, har yili aprel oyining oxirgi yakshanba kuni 34 y o‘ nalishda, Omondara MFY ga qarashli 21-umumiy o ‘ rta ta’lim maktabi binosida, Samarqand viloyati Xalq ta’limi boshqarmasining amaliy yordami va tashkilotchiligida o ‘ tkaziladi.
Olimpiada o‘tkazish, uni tashkil qilish, vakolatli organlar ruxsatini olish borasidagi tashvishlar, turli masalalar bir zumga bo‘lsa-da, qahramonimizni o‘z maqsadi va yo‘lidan to‘xtatmadi, balki o‘quvchilarning yonib turgan ko‘zlari shu maqsaddan og‘ishmaslikka, ularga muvaffaqiyat bilan ro‘baro‘ kelishga undadi, o‘z qishlog‘ining rivojlanganini ko‘rish istagi doimo kuch bag‘ishladi.
Hozirda olimpiadaning barcha ishtirokchilariga “O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Nurobod tumani Kengashi”ning sertifikatlari taqdim etiladi. 34 yo‘nalish g‘oliblarining har biriga (jumladan, olimpiada tashkiliy qo‘mitasi a’zolariga ham) Pirnazar Davronovning shaxsiy jamg‘armasidan belgilangan miqdorda mukofot puli beriladi. Bu qaysidir ma’noda juda katta mablag‘ hisoblanmas, biroq bu – bir farzandning yurt uchun qaytarayotgan javobi, hech bir manfaatlarsiz qo‘shayotgan hissasi sifatida e’tirofga hamda diqqatga sazovordir.
Pirnazar Davronov faqat shu yo‘nalish bilan cheklanib qolgani yo‘q, o‘z tajribasini pedagog xodimlarga ulashishda davom etish bilan birga Jom qishlog‘ining ta’rif-u tahsiniga bag‘ishlangan risolalar, pedagogik mahoratni oshiruvchi uslubiy va o‘quv qo‘llanmalar, shuningdek, matematika fani o‘qituvchilari va mustaqil tayyorlanuvchilarga mo‘ljallangan metodik qo‘llanmalar muallifi hamdir.
Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi mudiri, dotsent Fayzullayeva Gulchexra