BUGUN MA’NAVIYATGA E’TIBOR QANDAY?
Bugun tobora globallashib kelayotgan davrda barcha sohalarda o‘zgarish kechayotgan bir pallada, ma’naviyat va ma’rifat sohasida ham bir qancha yirik o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda ma’naviyat va madaniyatga alohida soha sifatida e’tibor qaratilib, yirik sarmoyalar kirtilayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Har qanday soha boshqalaridan ajralgan holda yakka o‘zi rivojlana olmaydi. Bugun O‘zbekistonda miliy madaniyat va ma’naviyatni rivojlantirish masalasiga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzviy va ajralmas qismi qismi sifatida olib qaralmoqda. Negaki, madaniyat va ma’naviyat millat taraqqiyoti yo‘lidagi nihoyatda ahamiyatli va o‘ta nozik soha. Chunki bu soha jamiyatning yuragiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladigan turli xil yot g‘oyalarga qarshi immunitet hosil qiladigan soha hisoblanadi. Har bir insonda tafakkur, fikrlash, erkin, mustaqil bo‘lishi kerak. Ommaviy tarzda bir xil fikrlash halokatli. Bunda ijod ham rivojlanish ham bo‘lmaydi. Ana shu ma’noda o‘ylamasdan taqlid qilish milliy qiyofani, o‘zlikni unutishga olib keladi. Ayni paytda dunyoda adabiyot, madaniyat va sa’natdagi ilg‘or, umuminsoniy qadriyatlarga aylangan g‘oyalarni o‘rganish, o‘zlashtirish talab etiladi. Keyingi yillarda madaniyat sohasida ham shaklan, ham mazmunan o‘zgarishlarni kutayapmiz. Hukmron mafkura mustabid tizimi ta’sirida G‘arb madaniyatiga taqlidan rivojlangan mazkur sohani tubdan yangilashga barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Endi ana shu taqlidlardan muhofaza qilish, milliy va ayni paytda umuminsoniy qadriyatlar asosida rivojlantirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish aholi ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati, ong tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.Shu bilan birga, jahonda g‘oyaviy-mafkuraviy kurashlar keskin davom etayotgan bir paytda, ma’naviy tahdidlar kuchayib borayotgan hozirgi davrda yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarga bepisandlik, zararli yot g‘oyalar ta’siriga berilishi, jinoyatchilik va ekistremizm harakatlariga adashib qo‘shilib qolish holatlari hamon uchramoqda bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida ma’naviy sohada yirik o‘zgarishlar olib borilmoqda.Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirish, ma’naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, davlat va jamoat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatiga yaqindan ko‘maklashish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashiga quyidagi vazifalar yuklandi.
2021-yil 26-martda muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonlaridan “Ma’naviy-marifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qarori qabul qilindi. Bu qaror asosida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ong-u tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarmoqda.Yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda “Milliy tiklanishdan – Milliy yuksalish” sari degan hayotbaxsh g‘oyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bu borada olib borilayotgan muhim ishlar va quydagi vazifalarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Birinchidan, oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyani uzviyligini ta’minlash;
Ikkinchidan, targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishlaridagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo‘yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish,ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish;
Uchinchidan, geyosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish,turli xil g‘oyaviy kurashlarga qarshi tura olish;
To‘rtinchidan, madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va sa’natning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari,ommaviy axborot vositalarida ma’naviy-axloqiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish.Mavjud muammolarni hal etish.ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish, keng ko‘lamli islohatlarni yanada kengaytirish, mamlakat aholisi, avvalo, yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, sohadagi ishlarni muvofiqlashtirishning yagona tizimi ishlab chiqilmoqda. Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyatning kuch-qudratidir.U yo‘q joyda hech qachon baxt-saodat bo‘lmaydi.Shunday ekan albatta jamiyat rivojida bu sohalarning o‘rni muhim.Ma’naviyat doimo milliy bo‘ladi,shu bilan birga unda umuminsoniy qadriyatlarga zid narsa ham bo‘lmaydi,chunki har bir millatning mustaqil ma’naviy dunyosi, ma’naviy qiyofasi bir paytining o‘zida ichki mohiyatiga, o‘zak tomirlariga ko‘ra, o‘zga xalqlar ma’naviyati bilan umumiy jihatlarga, butun bashariyatni birlashtirib turuvchi mushtarak unsurlarga ega bo‘ladi. Ma’naviyatning yuqorida eslab o‘tilgan ta’rifini millat va ma’naviyatga tatbiq etadigan bo‘lsak, uni bemalol millat ruhidagi borliq haqiqati bilan uyg‘unlik, deb atash joizdir. Shunday ekan, ayni millatimizni o‘zga millatlardan ajratib turuvchi mohiyatlar bilan emas, balki birlashtiruvchi omillar milliy ma’naviyat zamirini tashkil etadi.
Bugun ma’naviy va madaniy sohani rivoji uchun muhtaram prezidentimiz “Shavkat Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston strategiyasi asarida Biz Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi rivojlanish bosqichida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillar bilan birga, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda amalga oshirilayotgan islohatlar ham muhim ahamiyatga ega ekanini yaxshi anglaymiz. Biz uchun ma’naviyat – insonlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, hurmat va e’tibor, xalq va davlat kelajagini birgalikda ko‘rish yo‘lidagi ezgu intilishlar, ibratli fazilatlar majmuasidir. Boshqacha aytganda, zarur bo‘lgan ma’naviyat – jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir. Bu poydevor qancha mustahkam bo‘lsa, xalq ham davlat ham shuncha kuchli bo‘ladi”.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bugun biz uchun ma’naviy sohadagi o‘zgarishlar juda zarur sanaladi. Bugun turli xil qarashlar, g‘oyalar, mafkuralar orasida o‘zaro qarama-qarshiliklar kuchayib bormoqda hamda turli guruhlar jamiyatda o‘z mafkurasini o‘rnatish uchun kurash olib borayotgan bir payta mana shunday turli xil salbiy ta’sirlar ostida jamiyat a’zolari qolib ketmasligi uchun mafkuraviy immunitetni mustahkamlashimiz kerak, bu uchun esa albatta ma’naviy sohada ko‘proq islohatlar va yirik tadbirlarni amalga oshirishimiz zarur deb hisoblayman.
Sunnatillo PRIMOV,
O‘zMU talabasi