Befarq bo‘lma
Befarq bo‘lma
Tabiat bizga emas, biz tabiatga muhtojmiz!
Biz ta’lim-tarbiya maskanlari, kitoblar, turli tadbirlar, ommaviy axborot vositalarida ekologik madaniyat, tabiatni asrash, milliy madaniyatimiz, obod mahallalar haqida jimjimador so‘zlar bilan bong urayotgan bir paytda ko‘chalarimiz mana shunday manzara kasb etmoqda. Xo‘sh, mahalla, ma’naviyat, tabiatni himoya qilish faollari tomonidan olib boriladigan targ‘ibot ishlari, davlat byudjetidan atrof-muhit tozaligiga ajratilayotgan milliardlarning natijasi qani?
Albatta, ona tabiatni asrash har bir insonning burchi. Biroq xalqimizda ekologik madaniyat shakllantirilmas ekan biror natijaga erishib bo‘lmaydi. Shuningdek, ko‘chalar obodligiga mas’ullarning befarqligi, o‘z vazifasiga loyaqdligini ham alohida ta’kidlash lozim.
Atrofimizni o‘rab turgan tabiat biz uchun shunday moslashtirilganki, tabiatdagi jamiki narsalar faqatgina insonlar manfaaati uchun xizmat qiladi. Shunday ekan, tabiat bizga emas, biz tabiatga muhtojmiz!