“Bekat”damiz...
“Bekat”damiz...
Boyovut-Sirdaryo viloyatining hududi jihatdan katta tumani. Tuman paxta va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda o‘z tajribasiga ega. Ammo Boyovutliklarning ta’lim va tarbiya berishda muallimlarining o‘z tajribasi ham bor. Guliston shahridan chiqib, Boyovutga ketadigan avtobusning burilish nuqtasidagi qishloqni ko‘pchilik temiryo‘lchilar tilida “Raz’ezd” deyishadi. Aslida u temiryo‘l bo‘yida joylashgani sababli “Bekat” mahallasi dagi “Bekat” qishlog‘idir.
Bir paytlar men “Ishonch” gazetasiga bu qishloq muallimlarining rassomlar tayyorlash tajribasi haqida ocherk yozganimda, mashhur adibimiz Chingiz Aytmatov romanlarida tasvirlanganidek, “Poyezdlar bu yerda Sharqdan G‘arbga, G‘arbdan Sharqqa tinimsiz o‘tib turar edi” degan iborasini keltirgan edim. Chindan-da, ”Bekat”dan poyezdlar tinimsiz o‘tib turadi.
Yakunlangan yilda maktabimiz jamoasi asosan dars sifati va saviyasini kuchaytirishga qaratdi, — deydi 6-umumta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha direktori o‘rinbosari Karim Mirzayev. Maktabimizda 526 nafar o‘qituvchi tahsil oladi.Endilikda o‘qituvchining butkul diqqat e’tibori bola tarbiyasi va uni o‘zlashtirishiga qaratilishi lozim.
Yakunlanayotgan yil boshqa soha xodimlar qatori mamlakatimizda muallimlarni qadrlash va nufuzini ko‘tarish yili bo‘ldi. Shaxsan o‘zimning turmash o‘rtog‘im Sayyoraxon Mirzayeva ham murabbiy. Birgalikda bir necha farzand va nevaralarni tarbiyalayapmiz.Ulardan umidimiz katta. Imkoniyatdan foydalanib barcha O‘zbekiston xalqini yangi yil bayrami bilan tabriklayman.Ularning ezgu ishlarida omad yor bo‘lsin.
Yakunlangan yilda “O‘qituvchi maqomi to‘g‘risida”gi qonun haqida yaxshi fikrlar bildirildi. Aslida, o‘qituvchining maqomini belgilash qiyin. Inson bir umr tarbiyaga ehtiyoj sezadi. Eng muhimi biz muallimlarni faoliyatini Prezidentimizning o‘zi qo‘llab-quvvatlayapti. Bu bizga katta ilhom bermoqda, — deydi. Maktab direktori Olloberdi Islomov. Endilikda o‘qituvchi har doim izlanishda bo‘lishini hayot taqozo etmoqda. Prezidentimizning “Hammamizga ayonki,taraqqiyotning tamal toshi ham,mamlakatni qudratli,millatni buyuk qiladigan kuch ham-bu ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz Vatanimizning yorug‘ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farazandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog‘liq “degan so‘zlari biz murabbiylarimizning amalga oshiradigan ishlarimizning ma’no mohiyatini belgilab beradi. Yangi yilda O‘zbekistonimzdagi barcha murabbiylarimizga mashaqqatli ishlarid omad yor bo‘lsin, oilasi tinch, hamisha sog‘ salomat bo‘lsinlar.
O‘ljaboy Qarshiyev