BESH TASHABBUS-KATTA SPORT SARI QADAM

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnalogilaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish yuzasidan 2023-2024-o‘quv yili davomida Toshkent viloyati Nurafshon shahar MMTB tasarrufidsgi makrtablarda ham Besh tashabbus tadbirlari keng ko‘lamda tashkil etilmoqda. Xususan, tashabbusning ikkinchi yo‘nalishi: yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobilyatini namoyon qilishlari uchun zarur shart sharoitlar yaratishda Nurafshon shahar hokimyati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Nurafshon shahar sport maktabi amaliy yordam berib kelmoqda. Nurafshon shahar maktab o‘uvchilari o‘rtasida sportning quvnoq startlar, valeybol, mini futbol, stol tennis shaxmat va shashka, yengil atletika turlaridan sport musoboqalari Nurafshon shahar 48-umum ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Musoboqada hafta davomida maktab o‘quvchilari bellashdilar. Natijalarga ko‘ra eng kuchlilar saralanib olinib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Musoboqa so‘nggida g’oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Shoxsanam SARIKULOVA
Nurafshon shahar 48-maktabning oliy toifali jismoniy tarbiya o‘qituvchisi.