Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy
Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy
Geologiya fanlari universiteti Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan barcha umumta’lim, ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktablari hamda mahallalar bilan ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-metodik jihatdan yordam berish maqsadida muntazam hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Universitet tashkil etilganidan shu kunga qadar “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida mahallalarning uyushmagan yoshlari uchun fan to‘garaklari tashkil etilgan, undan tashqari mahalla yoshlari bilan turli mavzularda uchrashuvlar, Geologiya muzeyiga tashriflar uyushtirib kelinmoqda.
Bugun − 1 mart kuni GFU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori M.Haydarov hamda bo‘lim boshlig‘i Sh.Mamatjanovlar “Sayram”, “Olimlar”, “Buyuk ipak yo‘li” va “Bo‘z” mahallalarining bir guruh o‘quvchi-yoshlari bilan uchrashdilar.
Bugungi uchrashuv mahallada uyushmagan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik, kasbga yo‘naltirish va boshqa masalalarda yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish hamda bu yil maktabni bitiruvchi yoshlarga universitet faoliyati va shart-sharoitlar bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Barcha qulayliklarga ega, jahon andozalariga mos kampusga tashrif buyurgan maktab bitiruvchilari uchun davra suhbati tashkil etilib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga munosib javob oldilar.
GFU kampusida yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirish davomida o‘quvchi-yoshlarga geolgiya sohasi va umuman oliy ta’limning shaxs kamolotidagi o‘rniga alohida e’tibor qaratildi.