“Bitirsa ham xabar olamiz, ular aslo yolg‘iz emas”
“Bitirsa ham xabar olamiz, ular aslo yolg‘iz emas”
Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘I, polkovnik Shavkat Akbarov Marg‘ilon 1-mehribonlik uyini tamomlab o‘z uyiga ega bo‘lgan bitiruvchilar holidan xabar oldi.
“Uy berdik ketdik emas, qanday yashayapsan, kimlar bilan turibsan”, deb xabar olish bizning otalik burchimiz. Prezident qarori 5215-5216 da ularni 25–30 yoshgacha monitoring qilishimiz zarurligi aytilgan. Shu sabab bugun joylarda Mehribonlik uyini tamomlaganlar holidan Milliy gvardiya xodimlari xabar olmoqda”, deydi Shavkat Akbarov.
Saxovatpeshalar Mehribonlik uyi bitiruvchisi Taras Yermakovnikida bo‘ldi. Tarasga 12 turdagi oziq-ovqatmahsulotlari, kiyim kechak kabi boshqa moddiy ko‘mak berildi.
Taras bugun Tibiyot institutining Farg‘ona fililalida davlat granti asosida tahsil olmoqda. Kelajakda yaxshi shifokor bo‘lib bolalarni davolashni maqsad qilgan. “O‘ng qo‘lim yoshligimda singanini bilardim. Shifokorlarga ko‘rsatsam, sindirib qayta davolaymiz, bu esa 13 mln so‘m atrofidai xarajatni talab qiladi, deyishgandi. Lekin Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qarori sabab bizga berilgan imtiyozdan foydalandim. Order asosida Toshkent Travmatologiya kasalxonasida murakkab operatsiyam muvaffaqiyatli o‘tdi. “Sen yolg‘iz emassan” fondi va boshqa homiylar dori-darmonimga yordam qildi. Hammasi davlatimizga va saxiy insonlarga rahmat”, deydi quvonch bilan Yermakov Taras.
Eslatish joizki, Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi nazorati ostida 2021-yil yakuniga qadar 30 nafar yetim bolaga barcha sharoitlarga ega 1 xonalik uylarning kaliti topshirilgan edi. Ayni damda Farg‘onada 16 ta oilaviy bolalar uyi ham faoliyat olib bormoqda.