Dunyodagi eng qimmat kitobni bilasizmi?
Dunyodagi eng qimmat kitobni bilasizmi?
Kitoblar haqida qiziqarli ma’lumotlar:
Eng sirli kitob sifatida “Voynich qo‘lyozmasi” e’tirof etiladi. U insoniyat tarixida mavjud bo‘lmagan tilda yozilgani bois olimlar hali-hanuz o‘qiy olishmagan.
Dunyodagi eng qimmat kitob Leonardo da Vinchi qalamiga mansub “Lester majmuasi”dir. Uni kimoshdi savdosida Bill Geyts 24 million dollarga sotib olgan. Ajablanarlisi, ushbu kitobni ko‘zgu yordamisiz o‘qib bo‘lmaydi.
“Ming bir kecha” ertagidagi Oloviddinni bilmaganlar orangizda bo‘lmasa kerak. Qizig‘i shundaki, kitobning dastlabki nashrida Oloviddin arab emas, xitoylik sifatida tasvirlangan.
L.Kerrollning “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” kitobi Xitoyda taqiqlab qo‘yilgan. Bunga asardagi hayvonlarning inson tilida gapirishi sabab qilib ko‘rsatilgan.
Harvard kutubxonasida odam
terisidan tayyorlangan to‘rt dona kitob saqlanadi.
Dunyoda kitob chop etish texnologiyasi paydo bo‘lgandan beri jami 2 milliardga yaqin kitob nashr etilgan.
Ming yil oldin Yaponiyada bitilgan “Gendzi qissasi” ilk roman sifatida tan
olingan.
Eng sermahsul ijodkor deb yozuvchi Barbara Kartlendni aytsa bo‘ladi. U oyiga ikkitadan roman yozib, dunyo ahlini allaqachon hayratga solib ulgurgan.
Kitob o‘g‘risini dunyo miqyosida “ bibliokleptoman” deb atashadi.
Dunyodagi eng yirik kutubxona AQSH Kongressi kutubxonasi sanaladi. Uning fondida 150 million nusxadan ortiq kitob bor. U 1800-yilda AQSH prezidenti Jon Adams tomonidan tashkil etilgan. Sobiq prezident Kongressga kerakli kitoblarni xarid qilish uchun 5 ming dollar ajratgan. Hozir kutubxonaga yiliga bir million yetti yuz ming kitobxon tashrif buyuradi.
Amerikalik biblioman Stiven Blumberg o‘zining kitoblarga bo‘lgan g‘alati “mehri” sabab jahonga dong taratgan. Umri davomida u kutubxonalardan qiymati bir necha million dollar bo‘lgan 20 mingdan ortiq kitobni o‘g‘irlagan. Bundan 268 ta kutubxona zarar ko‘rgan. Stiven Blumberg bir necha marta panjara ortiga tushgan. Biroq ozodlikka chiqqach yana eski mashg‘ulotini davom ettirgan. Qizig‘i, kitoblardan birortasini sotmagan va ularga zarar yetkazmagan.
Finlandiyaning Vantaa shaharchasi kutubxonasiga notanish kishi qadimiy kitobni qaytargan. Jildning orqa tomonidagi qaydlarga qaraganda kitob yuz yil oldin berilgan.
Norvegiyada yozuvchilar uchun qator imtiyozlar mavjud. Masalan, yozuvchi bu mamlakatda kitob nashr ettirsa, ming nusxasini Norvegiya hukumati darhol
sotib oladi va kutubxonalarga taqsimlaydi.
Haskell kutubxonasi bir vaqtning o‘zida dunyoning ikki mamlakati – AQSH va Kanadada joylashgan. Binoning yarmi Amerikaning Derbi-Layn shaharchasida bo‘lsa, qolgan yarmi Kanadaning Stensted shahrida. Kutubxonaga faqat AQSH tomonidan kirish mumkin.
Hozirgacha faoliyatini to‘xtatmagan eng qadimiy kutubxona Misrning Muqaddas Yelena ibodatxonasida joylashgan. U miloddan avvalgi VI asrda ochilgan.
Dunyodagi eng ommabop yozuvchi Agata Kristi hisoblanadi. Uning detektiv asarlari 44 tilda, ikki milliarddan ortiq nusxada chop etilgan.
Eng ko‘p asar yozgan dramaturg ispaniyalik Lope de Vega sanaladi. Uning 1800 ta pyesasi bor.
Eng uzun biografiya Uinston Cherchilning hayoti haqida bo‘lib, u 22 jilddan iborat.
Dunyodagi eng og‘ir vaznli kitob Britaniya muzeyida saqlanadigan geografik atlas hisoblanadi. Uning bo‘yi bir metrdan ortiq, og‘irligi esa 320 kilogram .
Nilufar HUSAYINOVA,
Romitan tuman axborot-kutubxona markazi kutubxonachisi