#Farzandim_dilbandim
#Farzandim_dilbandim
Ko'pincha farzandlarimiz bir narsani eplolmasa, qo'llab-quvvatlash o'rniga urishib, dakki beramiz. Quyidagi video shu mavzuda.
Videoda Amerikadagi karate to'garaklaridan biri aks etgan. Unda chamasi 4 yoshli bolakay oyog'i bilan taxtachani sindirishga urinyapti. Qancha urinmasin, eplolmayapti va yig'lay boshlayapti.
Shu payt o'qituvchisi urishmasdan, bolani qo'llab-quvvatlovchi so'zlar bilan yaxshiroq harakat qilishga undaydi — «sen eplay olasan,qani bo'l !» Keyinroq chorlovga bolaning do'stlari ham qo'shilib, «Stiven-Stiven» (bolakayning ismi) deya ruhini ko'tarishmoqda.
Oxir-oqibat Stiven taxtachani sindirdi va do'stlari quvonchidan uni quchoqlab olishdi. Sentimental odamlarning ko'ziga yosh keladi shu joyida.
Bu videoda bolani urishish o'rniga ruhini ko'tarish natijasi yaqqol aks etgan. O'rnak olishimizga arziydi.