Fidoyi ustozlar qadri
Fidoyi ustozlar qadri
Olis maktabimning ushal behasham,
Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq
Kimdir o‘qitgan-ku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zotga harf o‘rgatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!
“Ustoz”, “Muallim” — bu so‘zlar naqadar sermazmun, har qanday kishining qalbini junbushga solidi, ko‘nglini yoritadi. Ilk bor maktabga qadam qo ‘ ygan har bir inson birinchi ustozini yodidan chiqarmaydi. Ustozlar butun kuchini mehnatini mehrini bilimini o‘quvchisiga baxshida etgan insondir. Ular ilk bor qalam tutqazib ota-ona Vatan kitob maktab so‘zlarini yozishga o‘rgatgan buyuk zotlardir.
Tuproqdek hokisor bezovta jonlar,
Ammo qanoatga tog‘dek ulug‘vor.
Hatto Temurdayin sohibqironlar
"Pirim" deb etagin o‘pgan zotlar bor.
Shunday zotga harf o’rgatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!
Bizning 20-maktabimiz ham tumanda o‘z o‘rniga ega namunali maktablardan desam mubolag‘a bo‘lmas. Rahbarimiz Shahnoza Shoyusupovna boshchiligida fidoiy ustozlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Yulduz Ismoilovna, Manzura Vohidovna, Zilola Buriyevna, Barno Gulyamovna, Xurshida Muxtorovna, Dilfuza Botirovna, Maxfuza, Dilnoza kabi ustozlarimiz bor mehr va bilimlarini bolalarga ulshmoqdalar. Shu fursatdan foydalanib 20- maktab jamoasi ustozlarini 1- oktabr — ustoz va murabbiylar kuni bilan tabriklayman.
Shoira XUDOYBERDIYEVA,
20-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi