“Ilmga tashnaman, ammo til bilmayman...”
“Ilmga tashnaman, ammo til bilmayman...”
Ingliz va rus tillarini o‘rganish biroz mukammal. Chunki bu ikki til ham bizning til oilamizga mansub emas. Rus tilida real til muhiti mavjud, ammo bu ko‘pga cho‘zilmaydi. Hududlarda rus tilida so‘zlashuvchi qatlam qisqarib bormoqda. Tarjima va noshirlik ishining rivoji natijasida ko‘pgina adabiyotlar o‘zbek tiliga tarjima ham bo‘lyapti. Hozircha faqat badiiy adabiyotlar. Shunday davrda zamona ilm-fanidan xabardor bo‘lish, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun oddiy inson nima qilishi kerak, degan savol ko‘ndalang tushib turibdi.
Qardoshlarimizning tili bizga juda yaqin, o‘rganish oson. Jumladan, turk tili. Bu til turkiy tillar oilasining o‘g‘uz tillar guruhiga mansub. Xorazmchamizga o‘xshab ham ketadi. Ozroq harakat qilsa o‘rganib olish mumkin. Turklar kitobxon xalq. Ular juda ko‘p o‘qishadi. Tarjimada ham ancha ilgarilab ketgan. Zamonamizning barcha sohalari bo‘yicha adabiyotlarni ingliz va olmon tilidan (nemis tili) tezlikda tarjima qilishadi. Chunki turklarda bunga talab bor. Ular sohalarni jadallik bilan rivojlantirishmoqda. Shu sababli ilm-fanga doir adabiyotlarni yuqori tezlikda tarjima qilishadi.
Agar sohangizga doir ingliz va rus tillaridagi adabiyotlarni o‘qib tushunishga qiynalsangiz turk tilini o‘rganib olishingiz kerak. O‘rganish esa oson tuyuldi menga. Tilimizga juda yaqin til ekan.
Ravshan BURXONOV