Inson shoir bolib tugiladi, notiq bolib yetishadi
Inson shoir bolib tugiladi, notiq bolib yetishadi
Barchamizga malumki, Prezidentimizning 2021-yil 26-martdagi qaroriga muvofiq talim muassasalarida ijodiy-manaviy ishlar boyicha targibotchi lavozimi joriy qilingan edi. Bu lavozim ijodkorlarni kashf qilishga imtiyoz bergani, ammo shu qatorda targibotchining bir qancha qarshiliklarga uchraganini ham kordik. Afsuski, bir zaminga siggan-u, bir maktab jamosiga sigolmagan ijodkor targibotchilar haqida ham eshitdik, maktab va ularning ortasida tafovutlar paydo bolganiga guvoh boldik. Siz ham hamon Targibotchi nega kerak? degan savolga javob izlab yurgandirsiz. Keling uni topishingizga komak beraman.
Yaqinda 216-maktabning ijodiy-manaviy masalalar boyicha targibotchisi Mehribon Qurbonniyozova oz maktabida yangi loyihani boshlab berdi. Bu Targibotchi sinfi loyihasi. U qanday sinf deyishingiz tabiiy, bu istedodlar, qiziqishi, qalbida ijodga uchquni borlar sinfi.
“Tarģibotchi sinfi”ga o‘quvchilar saralab olinadimi?
— Aslo yo‘q, u “ikkichi”ni yelkadan itaradigan sinf emas, u barcha qiziquvchilarga bag‘ir ochadigan sinf.
Bu sinfda qanday dars o‘tiladi?
— Darslarni targ‘ibotchi yoki o‘qituvchi o‘tmaydi, endi sinfga xalqimizning kozga koringan sanatkor-u olimlari, sportchi-yu shoirlari, biznesmen-u psixogohlari, notiq-u suxandonlari otadi. Ishonavering, ilk dars qatnashchisi sifatida aytyapman.
2022-yil 24-fevral kuni Targ'ibotchi sinfida Nutq madaniyati darsi bolib otdi. Bu dars muallimi esa O‘zbekistonda xizmat korsatgan madaniyat xodimi, filologiya fanlari nomzodi, professor, notiq Rahimboy Jumaniyozov boldi. Eng qizig‘i, oquvchilar va dars qatnashuvchilari kim bilan uchrashib turganligini vahm bilan his qilishmadi. Bunga sabab, birinchidan o‘qituvchi va oquvchi ortasiga qoyiladigan boloxonador devorning yoqligi, suhbatning samimiyligi edi.
Dars qanday tashkil etiladi?
Dars juda ham erkin, Togri otir, kam gapir, forma qani?lardan yiroq. Bunda oquvchi o‘zini topishi, qorquvlarini yengishi asosiy orinda.
Dars qanday tartibda baholanadi?
Dars davomida oquvchilar 5 yoki 2 qoyib alochi-qoloqqa ajratilmaydi, oquvchilar topayotgan kelajakka umid eng katta baho boladi. Darsda hatto vaqt ketkazib jurnal toldirish-u davomat qilish ham yoq.
Ilk dars taassurotlarim haqida bilishni xohlaysizmi?
Elonni ko'rgach, darsga qiziqish uygondi, negaki qishloqda qishlaganimdan buyon bu sohaga doir bir necha savollar toplanib qolgandi menda. Dars boshlanishidan oldinroq borib, loyiha muallifi Mehribon Qurbonniyozova bilan targibotchi kasbining mashaqqatlari va erishayotgan yutuqlari haqida suhbatlarshdik(Bu suhbat uchun alohida papka ochamiz). Ustozlarimiz, ayol ijodkorlarning kasbini sevishi yoki sevmasligini, shijoati yoki dangasaligini qadam tashlashi-yu harakatlari, yuz mimikalaridan bilish mumkin deyishadi. Men Mehribon opada shunday shijoatni kora oldim va tabiiyki, Mehribon opa ham mening harakatlarimdan hali yoshligim-u biroz dangasaligimni, ozi sinchalakday bolsam-da ozimni burgutdek tutishga tirishishimni ham sezgandir, eng muhimi esa, faol ustoz ijodkor bilan tanishganimdan xursandman.
“Targ'ibotchilarga erkinlik kerak, ular qoliplarda ishlay olmaydi, axir ular ijodkor, deydi Mehribon opa. Bu togarak emas, bu markaz ham emas, bu Targibotchi sinfi. U oquvchilarga ichki qorquvlarni yengishni, o‘ziga ishonishni orgatadi.
Haqiqatdan ham, ijodga qiziquvchi bolalarda qo‘rquvlar kuchli bolishiga kop guvoh bolganman. Balki, bu adabiyot, sanat, umuman, ijod olami bilan jamiyatimiz ortasida bolinish paydo bolganidandir. Hali bu haqida uzoq suhbatlashish mumkin, asosiy mavzuga qaytsak, Nutq madaniyati darsi qiziqarli otkazildi. O‘quvchilarga ozlarining haqiqiy ovozlarini qanday eshitish mumkinligi, togri talaffuz qilish mashqlari orgatildi. Talaba-jurnalistlar, kursdoshlarim bunday o‘quv kurslariga pul tolab qatnashishlariga guvoh bolganim uchun Targibotchi sinfiga havas qildim. Hatto mashgulot davomida Samira Isroilova ismli oquvchi qiz notiq ustozining pulli oquv kursiga tekin yollanmani qolga kiritdi. Bundan quvonsa arziydi.
Ozimizning fikrimizni emin-erkin ayta olmasak hech narsaga erisha olmaymiz. Oqigan, korgan, bilgan, eshitgan narsa-hodisa haqida fikrimizni emin-erkin, ogzaki va yozma tarzda, mustaqil ravishda yetkazib berolmasak davlat tili amalda emas, -deydi bugungi dars muallimi Rahimboy Jumaniyozov.
Haqiqatan, yunon notigi Sitseron aytganiday: Inson shoir bolib tugiladi, notiq bolib yetishadi. Bunda, albatta, oz ustimizda ishlashni talab etadi.
Dars davomida menga havas bilan qaragan qizchalarni korib, shu yoshdagi ozimni esladim. Hamon kozlarim, yuragim kimlargadir shunday havas bilan qaraydi. Havasi bor kozlar, orzusi bor yuraklar uchun ham ijodkor targibotchilar kerak.
Xolida Musurmonova