Is gaziga qarshi birgalikda kurashaylik
Ogohlik
Is gaziga qarshi birgalikda kurashaylik
Ob-havo haroratining pasayib borishi natijasida gaz va boshqa turdagi muqobil yoqilg‘i isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda isitish moslamalaridan va elektr uskunalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar (yong‘insar, elektr toki urishi va x.k) sodir bo‘lishi hamda insonlar is gazidan zaharlanishi mumkin.
"Bunday ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan , elektr uskunalari va isitish moslamalaridan foydalanishda quyidagi yong‘in va xavfsizlik talablariga rioya qilishingizni so‘raymiz:
— qo‘lbola va nosoz gaz isitish moslamalari va elektr uskunalari dan foydalanmang;
— tungi vaqt aholi turar joylarida o‘rnatilgan isitish tizimini nazoratsiz qoldirmang;
— oshxonada o‘rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;
— isitish pechlari va ularning mo‘rilarini sozligiga, ularni turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligiga hamda maxsus tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida tozalanishiga alohida e’tibor bering;
— yuvilgan kiyimlarni aslo gaz plitalari yoki isitish moslamalari yordamida quritmat;
— isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyumlarni saqlamang;
— isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiya va yo‘riqnomasi talablariga rioya qiling;
— gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlangalar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymang;
— agarda xonada gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmang, darhol xonani shamollating hamda gaz xizmatiga zudlik bilan xabar bering.
Ushbu qoidalarga rioya etish bilan Siz o‘zingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni ko‘ngilsiz hodisalardan saqlagan bo‘lasiz!
V.PIRMAMATOV ,
Yashnobod tuman i FVB inspektori , l eytenant