JADIDLARGA MUNOSIB AVLODLAR...
Jadidlar odamlarni toʻgʻri yoʻlga boshlab insonparvarlik gʻoyalarini ilgari surgan xalq qahramonlaridir. Hamisha har soʻzida xalq uchun xizmat qilib, buyuk qadriyatlarini oʻz tili, nutqi, yozuvlarida aks ettirib millatimizni maʼnaviy yuksalikka boshlaganlar. Ayniqsa, Behbudiy va Munavvarqori Abdurashidxonovlar oʻzlari gazetalar ochib maqolalar hajviyalar, satiralar bilan boyitishgan. Oʻzining hazilomuz tarzda yozgan maqolalari orqali SSSRni bosqinidan chiqib xalqqa taʼlim-tarb iy a berishgan.
Birinchi prezidentimiz I . A . Karimov tashabbusi bilan Yunusobod tumanida Shahidlar xotirasi maydoni tashkil etildi . Bu yerda barcha jadidlar otib tashlangan va kafansiz koʻmilgan ekan. Shuning uchun muzey va xotira maydoni bunyod etilgani tahsinga sazovordir.
Ulkan tarixni oʻrganish maqsadida kuni kecha Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya unversiteti sirtqi boʻlim boshlig‘i Nuriddin Jabiyev domla bilan barcha sirtqi taʼlim shakli talabalari ishtirokida “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” davlat muzeyiga ham ziyorat, ham sayohat uyushtirildi. Millat oydinlari talabalar tomonidan yod etilib, ulkan tarixiy jasoratlari bilan tashishdi. Talabalar milliy kiyimlarda muzeyidagi eksponatlar, hujjatlar, fotolavhalar, orqali davrlashtirilgan holda joylashtirilgan eksponatlarni koʻrib jurnalistika tarixi fanidan olgan bilimlarini mustahkamlashdi.
Shahidlarning muborak qizil qoniga bo‘yalgandek ramzlashtirilgan “qoraqarg‘a” moshina ham talabalar e’tiborini tortdi. Muzeyga yaqin hududda tiklangan qabrtosh jadid bobolarimizga yuksak ehtirom ramzi sifatida ekanligi muzey xodimlari tominidan tushuntirib berildi.
Haqiqatan ham muzey barchaga katta taassurot qoldirdi. Yosh ijodkor Muqaddas Saddinova shunday fikr yuritdi: Biz “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyiga tashrif buyurdik. Jadidchilarning mardonavor hayot yo‘li, tarixdagi qonli xotiralar qalblarimizni junbushga keltirdi. Jumladan, jadidchilik yoki jadidizm ( arabcha yangi) – XIX asr oxiri – XX asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, maʼrifiy harakatdir. Jadidchilik dastlab XIX asrning 80-yillarida Qrimda vujudga keldi. XIX asrning 90-yillaridan O‘rta Osiyoda tarqaldi.
Jadidchilikning asosiy gʻoya va maqsadlari quyidagilar edi: Turkistonni oʻrta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariatni isloh qilish, xalqqa maʼrifat tarqatish, Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash, Buxoro va Xivada konstitutsiyaviy monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik respublika tuzumini oʻrnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qoʻshin tuzish.
Bu mavzuda suhbatlashsak adog‘i yo‘q, gapirilmagan, gapiriladigan qancha haqiqatlar bor. Bunday tarixiy, muqaddas joylarga tashrif buyurish butun tarixni anglash uchun xizmat qiladi.
Ha, albatta, bunday sayohatlar yoshlarni ajdodlarimiz bosib oʻtgan yoʻlni ardoqlab, ular orzu qilgan farzand boʻlishiga undaydi.
Asadbek YUSUF,
Oʻzbekiston jurnalistika va
ommaviy kommunikatsiyalar
unversiteti talabasi.