Jannat uyi
Jannat uyi
Yaqinda bir tanishim: “Ota-onaning uyi jannatdek bo‘lishi kerak, ayniqsa, o‘g‘il bolalar uchun!”, deb qoldi.
Nima demoqchiligini anglagandek bo‘lsam ham “Nega endi?” deb e’tirozlarimni bildirdim:
– Axir ota-ona bilan o‘g‘il farzand qoladi. Shu boismi? Shundoq ham oilada ko‘proq e’tiborni ularga qaratishadi. Yoshlikdan ularni yaxshi o‘qitishga, repetitorlarga, chiniqsin, baquvvat bo‘lsin deb sportga berishadi, o‘g‘il bolaning g‘ururi baland deb aytgan narsasi muhayyo qilinadi. To‘g‘ri, sizning fikringizga qarshiligim yo‘q, ammo uyning jannatdek bo‘lishi oiladagi komil muhitga bog‘liq, shunday emasmi? Demak, oilalarimizda faqatgina o‘g‘il bolalarga emas, qizlarga ham e’tiborli bo‘lish zarur. Ularni ham o‘qitish, yaxshi kasb egasi qilish kerak. O‘z oilasidan yetarlicha mehr ko‘rgan qiz uchun ham ota uy jannatdek bo‘lsin. So‘ngra shu jannatiy xonadon qizi boshqa bir oilaga ham Jannat iforini olib kirsin. Qarang, hammasi bir-biriga naqadar bog‘liq.
Umida MAHMUDOVA
O‘zDJTU talabasi