KIM KO`P KITOB O‘QIYDI?
Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 230-umumta’lim maktabida “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining birinchi bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi. Maktabning kitobxon o‘quvchilari tanlov nizomida belgilangan ikkita shart bo‘yicha bellashdi.
Tanlovda o‘zining ilk yosh davridan o‘zbek adiblari asarlari hamda jahon adabiyoti durdonalarini mutolaa qilib kelayotgan 9-10-11-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etdilar. Tanlov o‘z nomi bilan tanlov. Bellashuvda kim, qaysi asarni, qanday o‘qigani yaqqol ayon bo‘ldi.
– “YOSH KITOBXON” tanlovi o‘quvchilar orasida kitob va kitobxonlikni targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yoshlarimizni vatanga muhabbat, milliy qadryatlarimizga hurmat, umuminsoniy qadryatlarga hurmat ruhida tarbiyalashning muhim omili bo‘lmoqda,– deydi maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Shahnoza Yusupova. – O‘ylaymanki, texnik inqilob davrida yoshlar ongi va hayotiga xavf solayotgan tahdidlarni shunday tadbirlar orqali yo‘qotish mumkin.
Tanlovda yuqori natijani qo‘lga kiritgan 9-sinf o‘quvchisi Gulsora Rustamova tuman bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Tanlovda g‘olib b o‘lgan o‘quvchilar esdalik sovgalari bilan taqdirlandilar.
Madina NIG‘MATULLAYEVA,
shu maktab o‘quvchisi