Kasaba uyushmalari nega kerak?
Kasaba uyushmalari nega kerak?
Bugun Uchtepa tumani 14-sonli umumta’lim maktabida ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi kengashi, Xalq ta’limi bosh boshqarmasi va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehmat inspeksiyasi hamkorligida Ta’lim muassasalarida sh beruvchi va xodimlar o‘rtasida mehnat munosabatlarini qonunchilikka muvofiq tartibga solish mavzusida o‘quv-semenar tashkil etildi.
Semenar doirasida bugungi kunda ta’lim sohasida uchraydigan muammolar, ularni bartaraf etishda kasaba uyushmalarining roli va ahamiyati bundan tashqari, yig‘ilish mavzusida muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
O‘quv-semenarda o‘z kasbining mutaxassislari ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi. Shuningdek, muassasada ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi mehnat va ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi lokal hujjat, jamoa shartnomasining mazmun-mohiyati, tuzilishi, ijrosi, kasaba uyushma tashkilotlarining maqsad va vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.
Umuman olganda, ishtirokchilar kasaba uyushmalari nega kerak, biz bundan qanday foyda olamiz degan savoollarga javob topishdi.