Kitob o'qishga taklif
Kitob o'qish ga taklif
Kitob o'qish barchamizning ma`naviy olamimizni boyitadi, so'zlashuv madaniyatimizni oshiradi, degan jumlalarni ko'p o'qiymiz. Ammo bunga amal qilishga kelganda oqsashimiz sir emas. Ayrim hollarda muqaddas o'zbek tilimizdagi ayrim vatandoshlarimiz “xizmati” tufayli dag'allashib, kambag'allashib borayotganligining oldini olish uchun ham kitob o'qish lozim. Vaholanki, bizning o'zbek tilimiz dunyodagi eng boy tillar qatoriga kiradi. A.S.Pushkin butun ijodi davomid a jami 21197 ta so'z qo'llagan bo'lsa, Shekspir asarlari tilida jami 20 mingdan ortiq so'z qo'llanilgan. Ispan olimlari Servantesning ijodida 18 ming so'z qo'llanilgani haqida ma`lumot berganlar. Buyuk bobomiz Alisher Navoiy asarlarida qo'llanilgan so'zlar soni esa 26000dan ortiq ekan.
Ayni paytda, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirish uchun farmoyishda belgilangan sotsiologik so'rovnomani o'ta mas`uliyat bilan tashkil etish lozim. Bunday so'rovnoma bir tomondan, yoshlarning kitobxonlik madaniyati darajasini aniqlasa, boshqa tomondan, jamiyat talab etayotgan muammolarni aniqlash, mavzular tanlashga imkon beradi. shuningdek, mutaxassislar, o ' qituvchilar, soha xodimlari “Yoshlarga tavsiya etilayotgan100 ta asar” ro'yxatini tuzish, unda milliy va jahon adabiyotining nodir durdona asarlarini o'qishni tavsiya etish ham muayyan ahamiyatga ega bo'ladi, deb o'ylaymiz. Yangi o ' quv yili oldidan o ' quvchilar uchun 100 ta asar ro ' yxatini tuzish kerak. Ularga eng nodir va o ' quvchi dunyoqarashini boyitadigan asarlarni tavsiya etiladi
Haqiqatdan ham, kitob barchamizni ezgulikka undaydigan, oldimizda turgan barcha muammolarni hal etishga yordam beradigan kuchdir. Shuning uchun ham yurtimizda kitob bilan oshno bo'lgan, kitobni suygan, kitob yozgan, kitobni muqaddas bilib, qorachig'idek asraganlarni ziyoli deb ataganlar. Ziyoli-Nur tarqatuvchi, u o'zining xatti-harakatlari, faoliyati bilan jamiyatni nurlantiruvchi, ma`naviy-ijtimoiy barqarorlikni ta`minlovchilar hisoblangan. Bunga uzoq va yaqin tariximizdan misollar ko'p. Masalan, ma`rifatparvar vatandoshimiz Ishoqxon Ibrat o'z uyida kattagina, boy kutubxona tashkil qiladi va uni “Kutubxonai Ishoqiya” deb ataydi. Ibrat arxividagi kitoblar ro'yhati shuni tasdiqlaydiki, kutubxonada ta`lim-tarbiya va o'qitishga oid o'zbek, rus, turk, tatar, fors-tojik tillarida ko'plab kitoblar bo'lgan. Bu kutubxonadan nafaqat o'zi, shuningdek, qishloq aholisi ham unumli foydalangan. Ishoqxon Ibrat o'z maktabi o'qituvchilarini kutubxonada saqlanuvchi kitoblar bilan ta`minlagan.
Shohzodjon OTAMURODOV,
Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi