Kitobdan “allergiya” qanday davolanadi?
Kitobdan “allergiya” qanday davolanadi?
Bugungi kunda yurtimizda kitob va kitobxonlikka bo‘lgan e’tibor sezilarli darajada oshdi. Talabga munosib taklif bo‘lganidek, nashriyotlarimiz ham ancha faollashib, kundan kunga yangi kitoblarni nashr etmoqda. Ammo farzandlarini ijtimoiy tarmoqlar olamidan kitob dunyosiga qiziqtira olmay halak bo‘layotgan ota-onalarimiz ham yo‘q emas.
Psixologlar bu borada “Agar farzandingiz kitob o‘qishini istasangiz, avvalambor, o‘zingiz kitob o‘qishni boshlang. Kichikligidan kitobga bo‘lgan mehrni uyg‘oting. Farzand uyda gazeta o‘qilayotganini, kitob varaqlanayotganini, kitobdan nimadir o‘rganilayotganini ko‘rib katta bo‘lishi kerak. Farzandingizni kitob do‘konlariga olib borib, kitoblarni tanishtiring, o‘zi istagan kitobini varaqlab ko‘rishiga imkon bering. Bolangiz bilan imkon qadar har kuni kitob o‘qing, o‘qigan hikoya va ertaklarini so‘zlab berishga o‘rgating. O‘zingiz kitob o‘qimasangiz, uyingizda kitob bo‘lmasa va ertalab shoshib
ketayotganingizda “telefonimni unutmadimmi?” desangiz, farzandingiz ham o‘yinchoq telefon olib berishingizni talab qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, devorning birinchi g‘ishtini siz qo‘yar ekansiz, uni aniqlik bilan qo‘ysangiz, uyning poydevori ham mustahkam bo‘ladi”, deya maslahat berishadi. Va albatta, yaqin kelajakda bilimga kiritilgan investitsiya kelajakni kafolatlaydi.
Shu o‘rinda kitob haqidagi 10 faktni eslatib o‘tmoqchiman:
1. Kitob o‘qish stressni 68 foizgacha kamaytirishi mumkin va asabni tinchlantiradi.
2. Mutolaa so‘z boyligini oshirib, yozuvchilik qobiliyatini rivojlantiradi.
3. Mutolaa uyqusizlikdan qutulishga yordam beradi.
4. Kitob o‘qish odamni yoqimtoy ko‘rsatadi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, jamoat joyida kitob o‘qiyotganlar chiroyli va aqlli ko‘rinishar ekan. Qo‘ldagi kitob insonning hurmatini oshirar va boshqalar e’tiborini tortar ekan.
5. Mutolaa moliyaviy qiyinchiliklarni bartaraf etishda yordam beradi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, umuman kitob o‘qimaydigan insonlarning 43 foizi qashshoqlikda yashaydi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, kitob o‘qish uchun ishtiyoq, xohish bo‘lishi kerak. Yoshlarning qiziqishini oshirish uchun, avvalo, oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish lozim.
Aziza SHAROFIDDINOVA,
Shayxontohur tumanidagi 40-maktab o‘quvchisi