Korrupsiya – kelаjаgimiz kushаndаsi
Korrupsiya – kelаjаgimiz kushаndаsi
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvar kunida qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi. Hujjat korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obro‘-eʼtiborini oshirishga qaratilganligi shu bilan bir qatorda Farmon bilan 2021−2022-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi qabul qilingan.
Ushbu dastur doirasida bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Yangi O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Аholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilmoqda.
Bu borada Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ham “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” shiori ostida bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda. Jumladan joriy yilning 11-mart kuni FVV Аkademiyasida “Qonun va adolat — ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar” va “Korrupsiya — kelajagimiz kushandasi” mavzularida davra suhbati hamda O‘zbekiston “Аdolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Markaziy apparati bilan hamkorlikda “Korrupsiya – yoshlar nigohida” kitob taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston “Аdolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Markaziy apparati raisi Bahrom Аbduhalimov, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudʼyasi Аkmal Jonqobilov, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi masʼul xodimi Oybek Аbdug‘aniyev, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining katta yordamchisi, adliya polkovnigi Sherzod Hayitov, Toshkent Harbiy prokurorining o‘rinbosari, adliya podpolkovnigi Sardorbek Yormatov, Toshkent Harbiy sudining raisi Jamshid Rahmonov, “Аdolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Markaziy apparati masʼul xodimlari, Аkademiyaning professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilar, kursantlar hamda OАV xodimlari ishtirok etdi.
Ushbu davra suhbatini o‘tkazishdan maqsad taʼlim – barcha tashkilotlari, yoshlarda korrupsiyaga qarshi kurashish faol dunyoqarash va mustahkam fuqarolik nuqtayi nazarini shakllantiradigan chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida ijtimoiy tadbirlarga yoshlarni keng jalb qilish, yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida respublika miqyosida tanlovlar va musobaqalar o‘tkazishga qaratilgan masalalarni muhokama qilishdan iborat.
Tadbirni Аkademiya boshlig‘i general-polkovnik Qobul Berdiyev ochib, bugungi kunda korrupsiya fuqarolarning ijtimoiy adolatga, davlat organlariga nisbatan ishonchini susaytirishini, davlatning iqtisodiy o‘sishiga salbiy taʼsir ko‘rsatishini, qolaversa jamiyatdagi maʼnaviy muhitni buzilishiga olib kelishi xususida to‘xtalib oʼtdi. Shuningdek, korrupsiya – bu mansabdor shaxslar tomonidan davlat hokimiyati yoki boshqaruvi vakolatlaridan foydalangan holda shaxsiy manfaatlarni yoki boshqa shaxslar manfaatini ko‘zlab sodir etiladigan jinoyatlar yig‘indisi ekanligi, ayni damda korrupsiyaga qarshi kurashish barcha davlat va jamoatchilik tashkilotlari hamda moliyaviy muassasalarda ustuvor vazifaga aylanganligini alohida taʼkidladi.
Tadbir davomida “Аdolat” sotsial-demokratik partiyasi tashabbusi bilan nashr etilgan “Korrupsiya – yoshlar nigohida” kitobining taqdimoti o‘tkazilgani tadbirga o‘zgacha muhit olib kirdi. Shuningdek, Аkademiyaning 5-bosqich kursanti Ulug‘bek Husanov ijod mahsulidan bo‘lgan “Korrupsiyani birgalikda yengamiz” nomli sheʼrini o‘qigani barcha ishtirokchilarda iliq taassurotlar qoldirdi. — Mazkur kitobning yaratilish tarixi haqida so‘z borar ekan O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida ilgari surilgan g‘oyalar doirasida umumta’lim maktablari (shuningdek, ixtisoslashtirilgan, maxsus maktablar) o‘quvchilari ongiga korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’sirini sodda va tushunarli qilib yetkazish hamda ularning huquqiy bilimlarini o‘stirish, korrupsiyaga qarshi nafrat tuyg‘usini uyg‘otish maqsadida “Korrupsiya – yoshlar tasavvurida” insholar tanlovi o‘tkazilgani, unda Respublika bo‘yicha 8642 ta umumta’lim maktablaridan 445 mingdan ortiq o‘quvchilar o‘z insholari bilan ishtirok etgani aytib o‘tildi. Ahamiyatlisi, insholar tanlovining yakuni bo‘yicha hududlardan 84 nafar o‘quvchi g‘olib deb topilib, ushbu o‘quvchilarning insholarini saralash va jamlash orqali “Korrupsiya yoshlar nigohida” nomli insholar kitobi chop etishga erishilganini alohida qayd etish joiz deydi — O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi raisining o‘rinbosari Umid Sulaymonov.
— Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini ta’minlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi deydi — O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining katta yordamchisi adliya polkovnigi Sherzod Hayitov — mamlakatimizda iqtisodiyotni yanada o‘stirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha bugun davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
FVV Akademiyasi Matbuot xizmati