“Kutubxonlik haftaligi”
Maktabimizda noyabr oyining yakunida “Kutubxonlik haftaligi” doirasida maktabning ijodkor oʻquvchilari bilan birgalikda Qoraoʻzak tumani Axborot kutubxona markaziga sayohat tashkillashtirildi va adabiyotlar koʻrgazmasi bilan tanishdilar. Koʻrgazmaga 10 nomda, 20 nusqadagi adabiyotlar qoʻyildi.Oʻquvchilar kitobxonlikga ajratilgan barcha imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar va oʻzlari hoqlagan adabiyotlarni olib, kutubxonaning kitobxon aʼzolari boʻlishdilar.
Maktab kutubxonasida “Bolalarning sevimli yozuvchi- shoirlari” adabiy kechasiga taalukli shoirlardan Hokimniyaz Aoʻyezov va shoira Guldarixa Orazыmbetovalar kechamiz mehmoni boʻlishdi. Yana “Men sevgan ertak qahramonlari ” , “Yosh ijodkorlar” nomli ushrachuv kechalari tashkil etildi.Shu bilan birga “Kitob prezentatsiyasi ” doirasida kutubxonada yangi adabiyotlar,virtual kitob koʻrgazmasi, audio, QR-kodli elektron kitoblar prezentatsiyasi oʻtkazildi.Shu haftalik munosabati bilan 24- oktyabr kuni “Kitobxumorlar lideri” tanlovi maktab miqiyosida boʻlib oʻtdi. Tanlov uch bosqichda oʻtkazildi va tanlov gʻoliblarini aniqlashdi.
I oʻrin 8 v sinf oʻquvchisi R.Jalalova ,
II oʻrin 7 a sinf oʻquvchisi D. Joldasbayeva va soʻngi III oʻrinlarni 7 b sinf oʻquvchisi
M.Ыqlasbayevalar olishga erishdilar.
Uyimda kichkina kutubxonam bor.Men javonda turgan har bir kitobni oltinga qiyoslayman.Agarda har bir inson kuniga yarim soat vaqt ajratib kitob oʻqisa, oʻndan baxtli inson yoʻq deb uylayman.Sababi kitob imkoniyotning barcha eshiklarini ochib beruvchi, ziyo taratuvchi va qalbimizga nur inʼom etuvchi boylikdir.
Aynagүl Baymuratova,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Qoraoʻzak tumani 2-chet tillariga ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabining ijodiy- madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi