MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI ISH BOSHLADI
“INFOLIB UZBEKISTAN-2022”
MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI ISH BOSHLADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4354-son qarori ijrosini ta’minlash, Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusdan biri — yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan joriy yilning 31-oktyabr — 4-noyabr kunlari “INFOLIB UZBEKISTAN-2022” XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi ish boshladi.
Haftalik bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarida tashkil etiladi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi umumiy fondi 7 715 585 million nusxa nashrni tashkil etmoqda, shundan, 6 963 493 nusxani bosma nashrlar,752 092 nusxasini elektron shakldagi adabiyotlar tashkil etadi.
Bugungi kunga kelib, kutubxonalar faoliyatida katta ijtimoiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Kutubxona imidjini ko‘tarish, ma’naviy qiyofasini o‘zgartirish, ijtimoiy salohiyatini oshirish, jamoatchilik orasida kutubxonalar mavqeini ko‘tarish maqsadida talaygina ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonda kutubxona sohasini rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar qabul qilinmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 2019-yilda 4354-sonli qarorida belgilanganday aholiga kutubxona xizmatini ko‘rsatish maqsadida respublikamizda 186ta tuman va shahar kutubxonalari tashkil etilgan, ko‘plab kutubxonalar qayta rekonstruksiya qilindi, to‘liq ta’mirlandi, ularning moddiy-texnika bazasi yaxshilanib zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi. Quvonarlisi, soha vakillariga ham katta e’tibor qaratilmoqda, ularning faoliyatlari rag‘batlantirilmoqda, yuksak e’tirof etilmoqda, ular nufuzli davlat mukofotlariga sazovor bo‘lib kelmoqdalar.
Yosh avlodning sog‘lom o‘sishi, sifatli ta’lim olishi va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishini ta’minlash, shuningdek, yoshlarning madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 5 muhim tashabbusni joriy etish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan bu yilgi Milliy axborot-kutubxona haftaligining boshqa haftaliklardan farqi shundaki uning doirasida 2-marotaba "Yosh kutubxonachilar” forumi “Yangi O‘zbekistonning intellektual salohiyati-yoshlar qoʻlida!” nomi bilan o‘tkaziladi. Shuningdek, bu yil haftalik bilan birga 2-4-noyabr kunlari “Tashkent BOOKFEST” xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi ham tashkil etiladi.
"O‘zbekiston yosh kutubxonachilari” forumining maqsadi:
- zamonaviy talablarga javob beradigan muvaffaqiyatli kutubxona -axborot faoliyati uchun zarur bo‘lgan shaxsiy va kasbiy kompetensiyalarni, bilim, tajriba va ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun sharoit yaratish;
- yosh kutubxona mutaxassislari orasida kasbning obro‘ini oshirish va jamiyatda kutubxonachi va kutubxonalarning ijobiy imidjini yaratish;
- kutubxona ishini tashkil etishda innovasion loyihalarni sohaga tadbiq qilish uchun yoshlarning kasbiy faolligini rag‘batlantirish.
Forumda ishtirok etish uchun turli tizimlar va idoralar kutubxonalarining 30 yoshgacha bo‘lgan yosh mutaxassislari; madaniyat muassasalari va oliy o‘quv yurtlarining axborot-kutubxona mutaxassisligi bo‘yicha o‘qituvchilik qilayotgan yosh o‘qituvchilar va aspirantlar; axborot-kutubxona markazlari rahbarlari va yosh mutaxassislari taklif etiladi.
Forum doirasida: “Kutubxona va yoshlar. Ochiq mikrofon: Cheksiz imkoniyatlar kasbi” nomli ochiq muloqot, “BOOK Slam Keling! Ko‘ring! O‘qing!” mavzusida yosh kutubxonachilar ishtirokida tanlov, “O‘z MENingni top!” psixologik seminar-trening va boshqa ko‘plab mahorat darslari, amaliy seminarlar, tanlovlar bo‘lib o‘tadi.
“INFOLIB UZBEKISTAN-2022” XIMilliy axborot-kutubxona haftaligini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – respublikamizda axborot-kutubxona sohasini yanada rivojlantirish, aholiga axborotlar olishning manbai, shakl va metodlarini yetkazish, axborot-kutubxona foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatish, kitobxonlik va kitob mutolaasini targ‘ib qilish, ѐshlarni intellektual bilimi va saviyasini oshirishga qaratilgan tadbirlar orqali ularni kutubxonalarga qiziqishini oshirishdan iborat, soha mutaxassislarini sohaga joriy qilingan zamonaviy, ilmiy-metodik ishlanmalar bilan tanishtirish,
Haftalik doirasida jamoat va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda, soha mutaxassislari va kitobxonlar uchun bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, seminarlar, davra suhbatlari, tanlovlar, treninglar, mahorat darslari o‘tkazish hamda nashriyotlar ishtirokida kitob ko‘rgazmalari, yarmarkalarini tashkil etish, mutaxassislarning ma’naviy-madaniy bilimlarini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar, maxorat darslari, ishtirokchilarni keng jalb qilgan holda intellektual bilimini oshiruvchi viktorinalar, taniqli fan va madaniyat namoyandalari, san’atkor va ijodkorlar ishtirokida ijodiy uchrashuvlar, teatrlashtirilgan chiqishlar namoyish etish rejalashtirilgan.
Haftalik doirasida quyidagi tadbirlar tashkil etilmoqda:
31-oktyabr. Uchrashuvlar kuni: “Betgerxonlik-2021. Axborot-kutubxona faoliyatida dasturiy ta’minot. Nashriyotlar, kitob savdosi tashkilotlari bilan o‘zaro samarali hamkorligi: muammo va yechimlar” mavzusida davra suxbati, “Menejment: Kutubxonani xalqaro standartlarga muvofiq boshqarish” mavzusida marketolog bilan seminar-trening, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati va uning tasarrufidagi AKMlaretakchi rahbarlari bilan ochiq muloqot.
1- Kasbiy mahorat kuni: Axborot-kutubxona markazlari o‘rtasida “Axborot-kutubxona markazining eng yaxshi mutaxassisi” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi, “Adabiyotlarni qayta baholashni o‘rganamiz” mavzusida seminar va mahorat darsi.
2-noyabr. Ilm-fan kuni: “Zakovatli yoshlar yurt tayanchi” mavzusida Yosh kutubxonachilar ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini, “Chipollino” — Smart school maktabi o‘quvchilari tomonidan Janni Rodari hayoti va faoliyati bo‘yicha taqdimot hamda sahna ko‘rinishi, “Avtomatlashtirilgan kutubxona tizimlarini yaratish texnologiyalari va amaliyotining natijalari” mavzusida seminar-trening, “Xitoyga nigoh” o‘quv zalining tantanali ochilish marosimi, “Kitobxon ona —kitobxon bola” rukni ostida ovozli o‘qishlar va adabiy kvilt, “Factorbooks” nashriyotida chop tilgan yangi kitoblar taqdimoti va boshqalar.
2- Kitobxonlar kuni: "Koinot eshiklarini ochib" Fizika matematika fanlari doktori, akademik Shavkat Vohidov xotirasiga bag‘ishlangan tadbir, Yosh kutubxonachilar II forumi tantanali yopilish marosimi, “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi, “Lapbook” O‘qilgan yertak asosida materiallar joylashtirilgan yig‘ma kitob yasash, “Bilim — bu kitob va hayotiy tajriba” nomli davra suhbati, “Britaniya, Germaniya, Latviya kabi yetakchi davlatlarda ta’lim olish" mavzusida taqdimotlar, Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Odil Ikrom va Begoyim Holbekovalar ishtirokida “Yosh tarjimonlar klubi” ning mahorat darslari
4-noyabr.“Axborot-kutubxona tahlili” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi, “Bolalarni mutolaaga qiziqtirishning samarali usullari” mavzusida maktab kutubxonachilari ishtirokida onlayn o‘quv-seminar, Usmon Nosir tavalludining 110 yillgi munosabati bilan “Tumanlar oralab miltiraydi nur” deb nomlangan xotira kechasi va yozuvchi Javlon Jovliyevning pesasi asosida “Usmon Nosir’’ spektaklidan sahna ko‘rinishi, “Axborot-kutubxona tizimini avtomatlashtirish va raqamlashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tadi.
2022 yil 31-oktabr—4 noyabr kunlarida o‘tkaziladigan haftalik davomida har kuni Yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi hamda Kutubxona bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyalarini o‘tkaziladi.