MUSTAQILLIK MARAFONI
MUSTAQILLIK MARAFONI
konchilarni bir safga jamladi
Shu kunlarda yurtimizda bayram shukuhi kezmoqda. Joylarda eng ulug‘, eng aziz ayyomga bag‘ishlanib turli bayram tadbirlari, ma’naviy-ma’rifiy kechalar, sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Mustaqilligimizning 31 yilligini munosib tarzda keng nishonlash borasida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida keng qamrovli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Ayni kunlarda unda nazarda tutilgan tadbirlar ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. Bugun ana shunday tadbirlarning galdagisi bo‘lib o‘tdi.
EErta tongdan Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida joylashgan “Yoshlik” sun’iy ko‘li atrofi sportsevarlar bilan gavjum bo‘ldi. “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida o‘tkazilishi rejalashtirilgan marafon “NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK va “NKMK jamg‘armasi” DMda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar, ya’ni, sport ixlosmandlarini bir safga jamladi.
Uning ochilish marosimida Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktor X.Raupov, NKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi o‘rinbosari O.Temirov, “NKMK jamg‘armasi” DM bosh direktori o‘rinbosari S.Altinovlar so‘z olib, ishtirokchilarga omad tiladi. Ayniqsa, “Farhod” madaniyat saroyi xonandasi, “Shuhrat” medali sohibi S.Janaxmetov tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar davraga yanada fayz bag‘ishladi.
Bellashuv oldidan ishtirokchilar ikki - 18-35 yoshlilar va 35-60 yoshlilar guruhiga saralandi. Shundan so‘ng, m ehnat jamoalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, sportni ommalashtirishga qaratilgan bellashuvga start berilib, yugurish ixlosmandlari ko‘l bo‘ylab belgilangan yo‘nalishda harakatlandi.
- Sport sog‘lik garovi, deyishadi. Shu bois, doimo ishchi-xodimlarimiz o‘rtasida turli musobaqalarni o‘tkazib kelayapmiz, - deydi “So‘g‘diyona” jismoniy tarbiya va sport klubi direktori Sohiba Qilichova. – Qarang,sport ishtiyoqmandlari ko‘p ekan ko‘l bo‘yi yuzlab sprotsevarlarga to‘lib ketdi. Birin-ketin finish chizig‘iga bellashuv g‘oliblari yetib kelishdi. Ko‘rdingiz, ular orasida yoshlarimiz qatorida, yoshi ulug‘lar ham bor.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, NKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi ushbu marafon homiysi hisoblanadi. Jumladan, ushbu Kengash tomonidan 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblarni taqdirlashga velosiped, 2-o‘rin sohiblarini rag‘batlantirishga televizor, 3-o‘rin sovrindorlarini mukofotlashgamobil telefon, shuningdek, faol ishtirokchilarga ham qimmatbaho sovg‘alarajratilgan.
Bu kabi tadbirlar bugun Uchquduq shahri va Zafarobod qo‘rg‘onida ham uyushqoqlik bilan bo‘lib o‘tdi.
Siroj Aslonov olgan suratlar.