Ma’rifatli ayollar- kelajagimiz bunyodkori
Ma’rifatli ayollar- kelajagimiz bunyodkori
Ayol, bu — borliq ko‘zgusidir. Uning go‘zalligi olamni charog‘on etadi. Chunki uning niyati pok, o‘zi pok. Shu bois bo‘lsa kerak, ayolini avaylab-asragan yurtning kelajagi porloq, deb naql qilishadi. Ushbu qiyosni Vatanimizga va uning biri-biridan latofatli, oqila o‘zbek ayollariga nisbat qilsak, xato bo‘lmaydi. Ayol nafaqat ona balki yaxshi ustoz, ham ishda, ham uy tashvishlariga birdek ulguradgigan mo‘tabar zotdir. Buning yorqin isbotini Samarqand vilotayi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida faoliyat olib borayotgan bir guruh o‘z ishiga sadoqat, yuksak professionallik bilan yondashib, hukumatimizning xalq ta’limi sohasiga oid qo‘shimcha topshiriqlarini bajarishda ulkan ibrat namunalarini ko‘rsatib kelayotgan xotin-qizlarimiz faoliyatida ham ko‘rishimiz mumkin.
Sabru irodasi po‘latdan ham mustahkam, buyuk ishlarga qodir bo‘lgan ana shunday xotin-qizlarimiz , bugun nbarcha sohalarda ko‘plab topiladi. Ularning borligi, biz bilan hamqadam va hamnafas ekanligi, chin ma’noda, bizning faxrimiz va g‘ururimizdir.
Xotin-qizlarimizga cheksiz hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, mashaqqatli mehnatlarini qadrlash va munosib rag‘batlantirish, ijtimoiy himoyalash biz uchun ham qarz, ham farzdir.
Istiqlol tufayli mehnatdan baxt topgan ayollar yurtimizda juda ko‘p. Xususan, Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash Davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan “Yil ayoli” milliy tanlovini tashkil etildi.
“Yil ayoli” milliy tanlovini tashkil etish va o‘tkazish Nizomda tanlovda korxona, tashkilot, muassasalarda mehnat qilayotgan hamda uy bekalari bo‘lgan xotin-qizlar ishtirok etishlari mumkinligi belgilandi.
Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish uchun Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi qarori bilan respublika va hududiy tashkiliy qo‘mitalar tuziladi.
“Yil ayoli” milliy tanlovini ng maqsadi quyidagilardan iborat:
- mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o‘zlarining ulkan hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo‘lish bilan birga o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlar nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash;
- jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, har jihatdan ibratli xotin-qizlarni aniqlash, ularning faoliyatini keng jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, ilg‘or ish tajribasini ommalashtirish;
- ishtirokchilar orasida professionallik, ishbilarmonlik, raqobatbardoshlik muhitini shakllantirishga imkon berish va bilim darajasini oshirish uchun zaruriy shart-sharoit yaratish;
- tanlov ishtirokchilari orasidan yuksak kasb mahoratiga ega bo‘lgan, sohaning fidoyi mutaxassilarini tanlash va ular haqidagi ma’lumotlar bazasini boyitish.
“Yil ayoli” milliy tanlovining tuman bosqichi oktyabr oyida va hududiy bosqichi noyabr oyida o‘tkazildi.
“Yil ayoli” milliy tanlovining hududiy bosqichi viloyat “Barkamol avlod” saroyida bo‘lib o‘tdi.Tanlovga eng chekka qishloqlar, ovullarda yashayotgan, fidokorona mehnati bilan obro‘-e’tibor qozongan, o‘z mahallasi ravnaqi, tinchligi va obodligiga munosib hissa qo‘shgan ulug‘ onaxonlarimiz va turli yoshdagi xotin-qizlar taklif rtildi.Tadbir davomida hudud xotin-qizlari faoliyatini aks ettiruvchi, shuningdek ayollar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ko‘rgazmalari tashkil qilindi.Tadbirda taniqli xonandalar, yozuvchilar va boshqa san’at vakillari ishtirokidagi konsert dasturi tashkil etildi.
Tanlov shartlari quyidagilardan iborat:
- tanlovda 25 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasida
o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat bilan kamida 5 yil mobaynida uzluksiz shug‘ullanib kelayotgan hamda uy bekalari bo‘lgan xotin-qizlar ishtirok etishi mumkin.
- tanlov ishtirokchilari tomonidan tashkiliy qo‘mitaga o‘zlarining faoliyatlari aks ettirilgan hujjatlar yig‘ma jildi va fotoalbom taqdim etildi;
Tanlov ishtirokchilar i quyidagi shartlarni bajarish di:
Birinchi shart – “O‘zini tanishtirish”.
Ushbu shartda ajratilgan vaqt ichida ishtirokchi o‘z faoliyati, oilasi, jamiyatda tutgan o‘rni, hududidagi faolligi haqida o‘zini tanishtirishi hamda bu borada qiziqarli videolavha taqdim etildi.
Ikkinchi shart – “Savol va javob”.
Ushbu shartda ishtirokchilarga mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ayniqsa xotin-qizlarning oila hamda jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan ishlar yuzasidan 2 ta savol berildi.
Uchinchi shart – “O‘zbek ayoli” mavzusida ishtirokchilarning
3 daqiqali videoroligi.
Ushbu shartda yuqoridagi mavzuda o‘z huquqlarini yaxshi bilgan, o‘qimishli va faol inson, u nafaqat bola parvarishi, uy yumushlarini bajarishi, chiroyli kiyinishi, balki biznes, sayohat qilish va o‘z blogini yuritishi ham mumkinligi haqida ishtirokchilarning videoroliklari namoyish etildi.
Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malaksini oshirish hududiy markazi o‘qituvchisi Yunusova Navbahor Ahmadjonovna ushbu tanlovga qatnashib, “Yilning eng faol olima ayoli” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi. Ushu nominatsiya egasi albatta, Respublikada qabul qilingan qonunlar mohiyatini teran anglaydigan, Prezident farmonlari, qarorlarini aholi orasida xalqchil ruhda targ‘ibot qila oladigan, o‘z sohasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan, shuningdek, ustoz-shogird yo‘nalishida yosh olimlarni tarbiyalashda faollik ko‘rsatayotgan xotin-qizlar bu nominatsiyaga erishishi mumkin.
Yunusova Navbahor Ahmadjonovnaning “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga tadbiq etishga doir 50 dan ziyod ilmiy maqolalari “Ma’rifat” va “Zarafshon” gazetalari, “Ziyokor” va “Maktabda biologiya” jurnallarida, OAK, Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar to‘plamlarida chop etilgan. Umumta’lim maktablarining V-XI-sinflari kesimida tayyorlangan laboratoriya daftarlari, genetikadan masalalar yechish metodikasi, biologiyadan testlar va nazorat ishi kabi uslubiy tavsiyalaridan biologiya o‘qituvchilari o‘z darslarida foydalanmoqdalar.
N.Yunusova bugungi kunda ilmiy-tadqiqot ishlarini ham faol davom ettirib, SamDU biologiya fakulteti biologiya fanlari nomzodi, dotsent G.Dushanova rahbarligida “Tabiiy rezistentlik hujayralari differensiasiyasi va funksional faolligining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari ustida ishlab kelmoqda. Uning ilmiy maqolalari OAK va xalqaro jurnallarida ham chop ettirilmoqda.
2014- yil BMT ning “Yurtimizning biologik xilma-xilligi” bo‘yicha tashkil etilgan kichik-grant mashqlar tanlovida “Eng yaxshi mashqlar” nominatsiyasi g'olibi bo‘lgan va diplom, sovg‘alar bilan taqdirlangan.
2019-yil PISA xalqaro tadqiqotlari bo‘yicha o‘tkazilgan barcha seminar va konferensiyalarda qatnashib, “Biologiya darslarida PISA topshiriqlaridan foydalanish”, “Tabiiy fanlardan PISA topshiriqlari tayyorlash metodikasi” va “O‘quvchilarda tabiiy ilmiy savodxonligini rivojlantirish uchun PISA va TIMSS topshiriqlari to‘plami” nomli uslubiy qo‘llanmalari ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan. N.Yunusova tomonidan “PISA xalqaro tadqiqotlari dasturi doirasida o‘quvchilaming tabiiy fanlardan funksional savodxonligini rivojlantirish” va “Biologiya ta’limida STEAM yondashuv” mavzusida onlayn va oflayn o‘qitiladigan qisqa muddatli kurs tashkil etilgan bo‘lib, bu qisqa muddatli kurs http://sammoi.uz/ va b ir nechta laboratoriya mashg‘ulotlarining videodarslari, hududiy markazda tashkil etilgan “STEAM laboratoriyasi” da tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlari videoroligi http. mahorat akademiyasi.uz saytiga joylashtirilgan.
N.Yunusova tomonidan viloyatdagi ko‘plab tajribali biologiya o‘qituvchilarining ish tajribalari o‘rganilib, ommalashtirildi. U doimiy ravishda o‘z bilimi, tajribasi va malakasini oshirish ustida izlanadi.
2019- yil “Maktabda biologiya” ma’naviy-ma’rifiy, ta’limiy jumali tahririyati tomonidan e’lon qilingan tanlovning eng yaxshi biologik innovatsion g‘oya (fanga oid yangilik yoki sohadagi muammolami yechishga qaratilgan shaxsiy g'oya va takliflar aks etgan maqola) yo‘nalishi bo‘yicha “Biologiya fanini o‘qitishda laboratoriya mashg'ulotlarini o‘tkazishning muammo va yechimlari” mavzusidagi maqolasi bilan qatnashib III-darajali diplom va shu yili Samarqand viloyati XTXQTMO hududiy markazning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.
2020- yil “Maktabda biologiya” ma’naviy-ma’rifiy, ta’limiy jurmalning 4-sonida “Biologiya darslarida STEAM (integratsiyalashgan) ta’limning ahamiyati (biologiya-kimyo-matematika) mavzusidagi maqolasi va o‘qituvchi faoliyati haqida maqola chop etildi.
N.Yunusova tomonidan 2021-yil iyul oyida 10 kun davomida Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, malaka oshirish hududiy markazi, "SILK ROAD international Academy in Samarkand" hamda "Ma’rifatparvarlar" jamiyati viloyat bo‘limi hamkorligida "Hayot davomida o‘qish" tamoyili - amalda" shiori ostida Oqdaryo tuman “Ustoz” sihatgohida tashkil etilgan maxsus kursda biologiya fani o‘qituvchilariga o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
2021- yil avgust oyida “Umumta’lim maktab biologiya o‘qituvchilari “Ustoz” sihatgohida dam olib, malaka oshirishdi” mavzusidagi maqolasi respublikada nashrdan chiqadigan “Maktabda biologiya” –ma’naviy-ma’rifiy, ta’limiy jurnalda chop etildi.
N.Yunusovaning respublikamiz viloyatlarda tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda "Biologiya darslarida “Keys-stadi” metodidan foydalanishning ahamiyati”, “Biologiya darslarida moddalar almashinuviga doir masalalar yechishning ahamiyati”, “Tabiiy fanlami o‘qitishda o‘quvchilar savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlari”, “Biologiya darslarida integratsiyalashgan yondashuv”, “Biologiya darslarida interfaol usullardan foydalanish”, “Biologiya ta’limida STEAM yondashuvning ahamiyati” va “Biologiya darslarida PISA topshiriqlaridan foydalanishning samaradorligi” mavzularida maqolalari chop ettirilgan.
2020-yil Xalq ta’limi vazirligi tomonidan N.Yunusovaning samarali mehnat faoliyati “ O ‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” nishoni bilan taqdirlangan.
N.Yunusova hududiy markazda va o‘zi istiqomat qilayotgan mahallada o‘tkazilayotgan tadbirlarda va jamoat ishlarida faol ishtirok etib, mamlakatimizning musatttaqillik yillarida ta’lim sohasida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlaming mazmun-mohiyati va uning amaliy samaralarini targ'ib qiladi.
N.Yunusova kamtarin, samimiy inson, yuqori malakali pedagog, fidoyi va jonkuyar o‘qituvchi sifatida hamkasblari va mahalla o‘rtasida hurmat qozongan.
Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi matbuot xizmati