Makroiqtisodiy barqarorlikda taraqqiyot strategiyasi hal qiluvchi dastur
Makroiqtisodiy barqarorlikda taraqqiyot strategiyasi hal qiluvchi dastur
Keng ko‘lamda olibborilayotgan Yangi O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarida sohalarga tadqiqotlar asosida ilmiy yondashish kutilayotgan besh yillikka mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining ustuvor maqsadlaridan sanaladi.
Xususan, jamaotchilik muhokamasidan o‘tkazilgan 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xarita”si yurtimizda tadbirkorlik, ishbilarmonlik, xususiy biznes, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tizimlarni yanada rivojlantirishni taqazo etadi.
Ta’kidlash joizki, yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat “Yangi O‘zbekiston” strategiyasining uchinchi yo‘nalishi - milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Xususan, kelgusi besh yilda aholi jonboshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 1,6 barobar oshishi, 2030-yilga borib aholi jonboshiga to‘g‘ri keladigan daromad esa 4 ming dollarga yetishi kutilmoqda.
Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi qurultoyida “Shu tariqa 2030-yilga borib, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming dollardan oshirib, “daromadi o‘rtachada nyuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirishga puxta zamin yaratgan bo‘lamiz.
Albatta, bu oson vazifa emas. Bunga erishish uchun, avvalo, iqtisodiyotda ilm va innovatsiyalarga asoslangan rivojlanish hisobidan yangi texnologiyalar va qo‘shilgan qiymat zanjirlarini ko‘paytirish orqali mehnat samaradorligida tub o‘zgarishlar qilishimiz shart”, deya ta’kidlagan edi.
Kelgusi besh yilda sanoat mahsulotlari hajmi 1,4 barobar, mehnat unumdorligi esa kamida 2 marta oshirilishi, “drayver” sohalarda “xomashyodan – tayyor mahsulotgacha” degan tamoyil asosida sanoat klasteri tizimini rivojlantirilishi mavjud ishsizlik muammolariga yechim topishimizda dasturilmaldir.
Bugungi kunda mamlakatimizda xaqaro formatlarda yirik sonat ishlab chiqarish sohalariga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, mis sanoati klasterini tashkil etish bilan kelgusi besh yilda mis va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 2 martaga ko‘payshi fikrimiz dalili. Bu bilan mis sanoati sohasida 8 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqariladi. Navoiy, Olmaliq va Bekobod metallurgiya korxonalarida qator yirik loyihalarni amalga oshirish hisobiga qo‘shimcha 10 milliard dollarlik mahsulotlar ishlab chiqarish uchun marralar katta olingan. Bu jarayonda, tabiiy gazni qayta ishlash darajasini 8 foizdan 20 foizga oshirish orqali kimyo sanoatida 2 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish sa’y-harakatlari olib borilmoqda.
Shu maqsadda sanoatni resurs bazasi bilan ta’minlash uchun geologiya-qidiruv ishlari hajmi keskin oshirilib, sohaga xususiy investorlar va ilg‘or xorijiy kompaniyalar keng jalb qilinmoqda.
Ilm-fanni rivojlantirish orqali sanoat tarmoqlariga eng zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish dasturlari ishlab chiqilmoqda.
Yuqoridagi davlat dasturlari asosida Taraqqiyot strategiyada makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash sohasida yillik inflyasiya darajasini 2022 yildagi 9 foizdan 2023 yilgacha 5 foizga bosqichma-bosqich pasaytirish, shuningdek, 2023 yildan boshlab yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foizdan oshmasligi kerak bo‘lgan davlat byudjeti taqchilligini kamaytirish ko‘zda tutilgan.
Muhtasar aytganda, Taraqqiyot strategiyasida amalga oshirilishi lozim bo‘gan yirik sanoat ishlab chiqarish, tarmoqlar, tadbirkorlik sohalaridagi ulkan qiymatga ega loyihalar yosh, zamonaviy bilimlarga ega kadrlar va olimlarni tayyorlash masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilanganligi taraqqiyotimizda ta’lim va ta’lim sifa-tini oshirib borish ne chog‘lik dolzarb ekanini ko‘rsatadi.
Sabohat Xoliqova,
TDIU “Korparativ iqtisodiyot va
biznes tahlil” kafedrasi assistenti