MANGU BARHAYOT SIYMO
Sirdaryo viloyat bolalar kutubxonasida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan “Mangu barhayot siymo” nomli g‘azalxonlik kechasi bо‘lib о‘tdi. Kechada GulDU о‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi о‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi Oybek Normurodov, “Dо‘stlik” ordeni sohibi, aktyor Ibrohim Qosimov, iste’dodli aktrisa Gulnora Muhammedova va viloyat Milliy gvardiya shaharlararo qо‘riqlash bо‘limi xodimlari, Respublika о‘g‘il bolalar о‘quv tarbiya muassasi о‘quvchilari ishtirok etdi.
Filologiya fanlari nomzodi Oybek Normurodov sо‘zga chiqib, о‘quvchilarga butun turk dunyosi Alisher Navoiyni “shams ul-millat” — millat quyoshi” deb hamma davrlarda e’zoz bilan tilga olganligi, butun umrini turkiy til mavqeyini kо‘tarish, turkiy adabiyot imkoniyatlarini dunyoga tan oldirish, turkiy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga, jamiyatda haqiqat va adolat mezonlarini qaror toptirishga bag‘ishlaganligini, bobokalonimiz bu e’tirofga tо‘la-tо‘kis munosibligi, xalq ichida bu zotning hayoti va faoliyati bilan bog‘liq rivoyat va afsonalar ham talayginaligi, odamlar о‘zlariga va kelgusi avlodga yashash tarzi, aytmish va yozmish sо‘zlari haqiqat bо‘lgan zotlar tо‘g‘risida ham hurmat, ham hikmat ma’nosida mana shunday og‘zaki ijod namunalarini qoldirganligi haqida ma’lumot berib о‘tdi. Kechada aktyorlar Ibrohim Qosimov va Gulnora Muhammedovalar tomonidan ijro etilgan dramaturg Uyg‘un va yozuvchi Izzat Sultonning “Alisher Navoiy” dramasidan Guli va Navoiy obrazlari yoritilgan sahna kо‘rinishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir davomida о‘quvchilar tomonidan ham A.Navoiy g‘azallaridan namunalar о‘qildi.
H.XOLBOYEVA,
Sirdaryo viloyat bolalar kutubxonasi
kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i