“MARMARGA BITILGAN SEVGI”
Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazida maxsus ishlab chiqilgan reja asosida Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, Turon Fanlar Akademiyasi a’zosi, olima, ijodkor D.Yormatovaning “Marmarga bitilgan sevgi” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda professor, olima D.Yormatova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist R.Zaripova, Chilonzor tumanidagi mahallalar Oqila ayollar yetakchilari M.Nishonova, Z.Mansurova, tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari hamda kitobxonlar ishtirok etishdi.
Boburshunos olima va Boburiylarni xizmatlarini o‘zbek xalqiga yetkazish borasida tinimsiz xizmat qiladi. Ingliz yozuvchisi Goskoyn Bemberni Boburiylar haqidagi asarini birinchi bo‘lib o‘zbek tiliga tarjima qildi. Bobur fondi haqida dunyo muzeylaridagi miniatyuralarni to‘plagan tinib tinchimas ijodkor, o‘tkir qalam sohibidir. “Jahonaro begim”, “Marmarga bitilgan sevgi” nomli asarlari ham Boburiylar to‘g‘risida ekanligi bilan muxim ahamiyat kasb etadi.
“Marmarga bitilgan sevgi kitobida sevgi, muhabbat va vafodorlik shunchalar chiroyli tasvirlanganki, shunday sevgini ayni paytda yoshlarimizga ibrat maktabi qilib ko‘rsatishimiz kerak. Chunki muallif muhabbatning qanchalik samimiyligi va buyukligini hamda abadiyligini ko‘rsata olgan. Insonlar sevgi orqali asrdan asrga yaxshilik, insoniylik odatlarini olib o‘tishi mumkinligini bildiribgina qolmasdan Boburiylar avlodlarining naqadar mamlakat halq tashvishi uchun jon kuydirishini mohirlik bilan asoslab berilgan. Asarni o‘qigan har bir kitobxon Shohjahon o‘z halqini va o‘z sevgisini umri qadar asrab, avaylab olib o‘tganligini aks ettirilishiga tasannolar aytadi.
Tadbirda kitobning yaratilishi, tarixiy va badiiy ahamiyatiga batafsil to‘htalib o‘tildi va Olima D. Yormatovaning o‘zi ishtirokchilarni «Marmarga bitilgan sevgi» kitobi bilan yaqindan tanishtirar ekan, kitobni yozishga sabab bo‘lgan omillar haqida so‘zlab berdi.
Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Rasulova tomonidan tashkil qilingan «Dunyoni o‘zgartirgan olima ayollar» nomli adabiyotlar ko‘rgazmasi va unga berilgan bibliografik sharh taqdimoti o‘tkazilayotgan kitobni yanada ishtirokchilarga yanada yaqindan tanishtirishga imkon berdi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar yangi yozilgan kitob va Boburiylar sulolasi haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
Taqdimot yakunida D. Yormatova “Bilim” AKM fondiga esdalik uchun o‘z kitoblaridan sovg‘a qildi.
Hafiza KARIMOVA,
Toshkent shahar “Bilim” Axborot-kutubxona markazi direktori,
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar a’lochisi