Muallimlik buyuk martaba
Muallimlik buyuk martaba
Tezkor o‘zgarayotgan dunyoda voyaga yetayotgan insonni tarbiyalash, uning barkamolligiga erishish oson ish emas. Shu sabab har safar suhbatdoshimga aylangan muallimdan o‘ziga xos fikr izlayman. Ba’zida dunyoga shu qadar befarq, shunchaki faoliyat yuritayotgan murabbiylarni ko‘rsam, nafratlanib ketaman. Ko‘p hollarda esa bola tarbiyasiga kuyunib mulohaza bildirayotgan, avvalo, o‘z oilasi bilan namuna ko‘rsatgan murabbiylarni ko‘rsam, ular haqida bir qalamkash sifatida nimadir qoralagim, boshqalarni ham ana shu ezgulikka undagim kelaveradi.
Uyda ham o‘qituvchimiz
Farhod G‘afforov Samarqand shahridagi 25-maktab direktori SamDUning matematika fakultetini biritgan, 15 yillik pedagogik tajribaga ega ustoz shunday deydi:
— Avvalo, pedagoglik kasbiga bolaligimda Nurotadagi o‘rta maktabda o‘qib yurgan kezlari mehr qo‘yganman, — deydi suhbatdoshim. Universitetda ham buyuk murabbiylar qo‘lida o‘qish nasib etdi. Samrqand yer yuzidagi bilim va ma’rifat maskani. Turmush o‘rtog‘im Munisa Safarova Navoiy pedagogika institutini bitirgan. Uch o‘g‘limiz bor. Javohir va Izzatillo va Sohibqiron Rajabboyevlar. Ular maktabda doimiy sport to‘garagining faollari. Bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan jang san’ati musobaqasida bir necha marotaba birinchilikni olishgan. Biz ota-onalar o‘quvchilarning nafaqat sport, balki boshqa fanlarni ham mukammal o‘zlashtirishlari tarafdorimiz.Sababi,ular orzular ro‘yobiga erishishga imkoni bor muhitda o‘sishmoqda. Ana shu imkoniyatdan ularni to‘g‘ri foydalana bilishlarini uqtirishga,maqsadni qat’iy va izchil qo‘yishga undashga, pedagog ota-ona sifatida burchdormiz.Ya’ni,murabbiy uyida ham farzand tarbiyasi bilan o‘rnak ko‘rsatishi kerak. Otamiz Rajabboy aka 40 yil shofyor bo‘lgan.Onamiz oddiy uy bekasi,tasodifni qarangki, ikkala kelinim ham o‘qituvchi. Umuman, er kishining baxti va omadi, ziyoli ma’naviyatli inson bilan turmush tashvishlarini birgalikda tortishida. Eng avvalo, bir oddiy murabbiy sifatida oilam nomidan barcha O‘zbekistonimizning fidoiy muallimlarini yangi yil bilan samimiy tabriklayman. Ularga oiaviy baxt va omad ishlarida rivoj tilayman.
“ Fidoiylar” fidoiylikka undashi kerak.
“Fidoiylar” mahallasi qadim Samarqandning yangi zamoanviy bir qismi. U butunicha yangi turarjoy massivlari, zamonaviy maktab, turli-tuman savdo nuqtalarini bir joyga jamlagan. Maktabimizda zamonaviy sport zali, kutubxona, o‘quv laboratoriyalari barchasi bugungi tezkor ta’limga tayyor holga keltirilgan. 2020-2021-o‘quv yilida maktabimizda oliy ta’limga kirish 25 foizini tashkil etdi. Albatta, biz bundan ko‘nglimiz to‘lgani yo‘q, jamoamiz bilan yangi zafarlarga intilamiz. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida violoyatning kelgusi ravnaqi yo‘lida to‘xtalib, Samarqand bilim va ilm fan makoni ta’lim “xabi”ga aylanadi, deya ta’kidladi. Biz ana shu ishonchga munosib tarzda mehnat qilishimiz lozim.
O‘ljaboy Qarshiyev