Muvaffaqiyatlar oyligi
Yunusobod tumanidagi 260-maktabda xorijiy tillar, shu jumladan, ingliz tili juda puxta o‘rgatiladi. 2021-2022-o‘quv yili yakunida ushbu maktabdan 32 nafar o‘g‘il-qiz IELTS sertifikatini qo‘lga kiritdi. Shulardan bir nafari 8.5 va yana bir nafari 8 ball – (S2) darajasiga erishishida shu maktabda uzoq yillardan buyon dars berib kelayotgan ingliz tili ustozlarning ham mehnati beqiyos.
Ingliz tili fan oyligining yopilishi munosabati bilan 260-maktabda shu yilning birinchi dekabr kuni Alla VasilyevnaBezukladnikova va Manzura Husanjonovna boshchiligida 4-“D” va 4 “V” sinflari ishtirokida “Guess What! Quiz”bellashuvi tashkil etildi. Ishda (at work), tumanda (in the town), mavzulari bo‘yicha 3 V shakllarining“Bu nimaga o‘xshaydi?” viktorinasini tashkil qildilar. O‘quvchilar topqirlik bilan o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Hasanova Manzura Husanjonovna shu o‘quv dargohida 20 yildan buyon ingliz tilidan dars berib keladi. Maktabda tashkil etilgan “English is fun” to‘garagini olib boradi. O‘quvchilarini juda yaxshi ko‘radi. Ingliz tili fan oyligining yopilish munosabati bilan 4-“D” sinf o‘quvchilari ishtirokida “Qimmat va Zumrad” ertagi mahorat bilan sahnalashtirildi. O‘quvchilar ertak qahramonlari obrazini ingliz tilida jonlantirdilar.