NAZIRA AS-SALOM O‘QUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi 45-maktabga O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning turmush o‘rtog‘i, shoira Nazira as-Salom va qizi Nozima Yusupovalar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirga adabiyotga qiziquvchi yoshlar, mahalla faollari hamda yoshi keksa nuroniy onalar tashrif buyurdi. Nazira as-Salom sevimli shoirimiz Muhammad Yusuf bilan yashab o‘tgan umr yo‘llari, shirin xotiralari bilan bo‘lishdi. Ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Shuningdek, maktabning musiqa fani to‘garagi a'zolari Muhammad Yusuf she'rlariga bastalangan qo‘shiqlardan ijro etishdi.
Tadbirda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida maktab o‘quvchilariga Respublika Yozuvchilar uyushmasi tomonidan 100 dona kitob sovg‘a qilindi.