O‘quvchilar stependiya oladigan bo‘ldi!
O‘quvchilar stependiya oladigan bo‘ldi!
Bugun mamlakatimizning barcha maktablarida yangi o‘quv yilining boshlanishiga oid “birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tmoqda. Xuddi shunday tadbirlar Kattaqo‘rg‘on tumani “Burgan” mahallasida joylashgan 73 - va 105-maktablarda ham bo‘lib o‘tdi.
Xorazm Ma’mun akademiyasining Faxriy a’zosi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi – shoir Abdukamol Raxmonov o‘zining shaxsiy mablag‘lari hisobidan 2022-yil sentabr oyidan doimiy muddatga o‘zi tug‘ilib o‘sgan Burgan qishlog‘idagi a’lochi va faol o‘quvchilarni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadidaushbu qishloqdagi 73- va 105-maktablarning har birida “Abdukamol Rahmonov” nomidagi shaxsiy stipendiya joriy qilishga qaror qilganligi e’lon qilindi.
Shaxsiy stipendiya maktab pedagogik jamoalarining taklifiga binoan har yilninghar choragi yakunlari bo‘yicha ikkala maktabdan ikki nafardan(jami to‘rt nafar) o‘quvchiga o‘quv yili davomida to‘rt marotaba, o‘quv yili yakunlari bo‘yicha esa har ikkala maktabdan bir nafardan (jami ikki nafar) a’lo baholarga o‘qigan eng faol o‘quvchiga muntazam berib boriladi.
Ushbu yangi g‘oya va amaliy harakat tadbir ishtirokchilari tomonidan yuqori kayfiyat bilan qizg‘in kutib olindi. Ayniqsa, bu yangilik maktab o‘quvchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbirda so‘z olgan o‘qituvchilar, ota-onalar tomonidan bu yangi amaliyot albatta, o‘quvchilarni yanada ko‘proq bilim olishlariga, izlanishlariga, o‘z qobiliyatlarini namoyon etishlariga asos bo‘lishi ta’kidlandi.
Lola Sayidova,
jurnalist