OILALARIMIZ XAVFSIZLIGI O‘Z QO‘LIMIZDA
Ayni vaqtda mamlakatimizda qish mavsumi boshlanishi va ob-havo haroratining keskin pasayib ketishi bilan aholi xonadonlarini isitishga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi.
Biroq, tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki: fuqarolarimiz tomonidan isitish mavsumi oldidan xonadonlarda o‘rnatilgan isitish pechlarining xavfsiz ekanligini batafsil ko‘zdan kechirilmasligi oqibatida ayanchli va qayg‘uli holatlar sodir bo‘lmoqda.
Bular asosan aholi xonadonlaridagi yong‘inlar, havo-gaz aralashmasining chaqnashi yoki portlashi, fuqarolarning tabiiy va is gazidan zaharlanishlaridir.
Yong‘inlarning asosan isitish vositalarini nazoratsiz qoldirilishi, yosh bolalarning sho‘xligi, elektr tarmoqlaridagi nosozliklar, ochiq olovdan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini buzilishi oqibatida sodir bo‘lganligi aniqlandi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Siz azizlardan hoziroq isitish pechlaringizning texnik sozligini batafsil ko‘zdan kechirishingizni, uning mo‘risi toza ekanligiga ishon hosil qilmasdan turib uni yoqmasligingizni, gazdan va gaz uskunalaridan foydalanish qoidalariga va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni iltimos qilib so‘raymiz.
Zero, inson salomatligi va hayoti har narsadan ustundir. Barchamizning oilalarimiz xavfsizligi o‘z qo‘limizda.
Sherzod NURMATOV, Oliy Majlis Senatiga karashli binolarida YXTTEB kichik inspektori, katta serjant
Shoira TORAXONOVA, Turkiston YXTTEB kichik inspektori, oddiy askar