Og‘riqlarni san’at gapiradi yoxud “Qo‘llar” kartinasi qanday yaralgan?
Og‘riqlarni san’at gapiradi yoxud “Qo‘llar” kartinasi qanday yaralgan?
Albrext Dyurer 1471–1528-yillarda yashab o‘tgan rassom, o‘n sakkiz bolali oilaning rasmga qiziqqan ikki o‘g‘il farzandlaridan biri. O‘g‘illardan ikkisining ham rasm chizishga katta qiziqish va qobiliyati bor edi. Har ikkovi ham rassomchilik maktabida o‘qib, mashhur rassom bo‘lishni orzu qilishardi.
Oilaning bu ikki farzandni o‘qitishga imkoni yo‘qligi sababli, noiloj ikki aka-uka qur’a tashlashga qaror qilishdi. Yutgan rassomchilik maktabida o‘qiydigan, qolgan esa yanada ko‘proq ishlab, uning o‘qishiga yordam berishi lozim edi. G‘olib bo‘lgan o‘qishni tamomlagach, o‘qish navbati yutqazganga berilardi.
Qur’ada yutgan Albrext Nyurnbergga o‘qishga ketadi va hamma ustozlarini hayratda qoldiradigan darajada muvaffaqiyat qozonadi, shuhrati barcha o‘quv dargohlariga yoyiladi. Uyga faxr va cheksiz quvonch bilan qaytadi.
Oila Albrextning sharafiga ziyofat beradi. Maqtov va olqishlardan so‘ng Albrext so‘z olib, bu muvaffaqiyatning asl sababchisi akasi — Ganzga minnatdorchilik bildiradi. Endi o ‘qish navbati akasiga yetganini va o‘qishga ketayotgan akasi uchun konda ishlash uning chun sharaf ekanini aytadi.
Ammo akasi o‘rnidan turib sekingina shunday deydi:
— Ukajonim, afsuski, buning imkoni yo‘q. Seni o‘qitish uchun ishlagan yillarim hamma barmoqlarim konda bir necha bor singan. Hozir qo‘limga qalam tugul, shu stakanni ham zo‘rg‘a tutyapman. Akasining ahvoliga achingan va bundan qattiq ta’sirlangan Albrext uni dunyoning eng mashhur rassomlari safidan o‘rin olishiga sabab bo‘lgan o‘sha qo‘llarni, akasining qo‘llari rasmini chizdi.