"Olim yetishtirgan onalar"ni taniysizmi?
# Davra suhbati
JDPI akademik litseyi faollar zalida Book.uzning Jizzax lideri Murodjon bilan hamkorlikda "Navoiyga ehtirom!" shiori ostida O’zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonning "Alisher Navoiy" romani asosida davra suhbati tashkil qildik. Unda har doimgidek turli toifadagi ishtirokchilar kelishdi. Bugungi suhbatimizning eng kichik qatnashchisi 6-sinf o‘quvchisi Izzatbek bo‘ldi. Suhbat avvalida har bir kitobxon so‘z sohibqironi Alisher Navoiy va ul buyuk zotning ijodidan ikkita ma’lumot keltirib o‘tdi, Navoiy ijodidan ruboiy, g‘azallardan ifodali aytib berishdi.
Adabiy suhbatimizning ikkinchi qismida Murodjon Ermatov tomonidan tayyorlangan "Quvnoq alifbo" rukni ostidagi tezkor savol - javob o‘tkazildi. Unga ko‘ra ishtirokchilarga ma’lum bir muallif nomi aytiladi va shu muallifning "A" harfi bilan boshlanuvchi asari nomi aytiladi. Qolgani alifbo tartibida davom etadi. Bu shartning g‘oliblari ajoyib kitoblar bilan taqdirlandi.
"Alisher Navoiy" romani asosida bo‘ldi. Unda JDPI AL o‘qituvchisi Toplqin Xoljo‘rayev, JDPI o‘qituvchisi filologiya fanlari doktori (PhD) Shohida Siddiqova, JDPI doktoranti Begimqulovlar asar xususidagi qimmatli fikrarini bidirishdi.
Kitobxonlik davrasining 3-qismi JDPI AL o‘qituvchisi Azamat Ermatov tomonidan tayyoranib kegan 12 ta mantiqiy savol asosida bo‘ldi. Bu savollarning barchasi "Alisher Navoiy" romani asosida tuzilgan. Savol-javobda eng yosh ishtirokchi Izzatbek G’ayrat o‘g‘li va akademik litsey o‘quvchisi Ruxshonalar g‘olib bo‘lishdi. Ular ham kitob bilan taqdirandi.
Davra suhbatiga JDPI Boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabasi, shoir Umidjon Qodirovning mahorat bilan ijro etgan she’rlari o‘zgacha kayfiyat va ruh bag‘ishladi.
Navbatdagi kitobxonlik suhbati JDPI akademik litseyi tarix fani o‘qituvchisi Rahima Boymuhambetovaning "Tarix. Taxt. Ayol" va Murat Tosunning "Olim yetishtirgan onalar" kitoblari asosida 13-mart soat 11:00da JDPI Boshlang‘ich ta’lim fakultetida bo‘lib o‘tadi.
To‘lqinbek Xoljo‘rayev