Oliy qadriyat
Oliy qadriyat
O‘zbek xalqida mehr-saxovat ko‘rsatish azal-azaldan an’anaviy qadriyatga aylangan. Shu maqsadda 16-aprel kuni Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti “Boshlang‘ich ta‘limda matematika va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchishi Dilrabo Xodiyeva bilan birgalikda universitetimiz qaromog‘iga biriktirilgan Chilonzor tumanidagi Xlebushkina nomidagi 22-sonli mehribonlik uyiga tashrif buyurdi. Mehribonlik uyining tarbiyachi va tarbiyalanuvchilari bilan suhbat olib borishdi. Tarbiyalanuvchi qizlarga shaxsiy gigenik vositalar, ma’muruyat xodimlariga kir yuvish vositalari mehr-muruvvat ko‘rsatib hadya qilindi.
Shu bilan birgalikda Chilonzor tumanidagi Naqqoshlik mahallasiga ham tashrif buyurishdi. Mahalla xotin-qizlar kengashi raisi bilan mahallada yashovchi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nafaqadagi fuqarolarni ahvolidan xabar olib ular bilan suhbatlashdik. Ayrim nuroniylarning uylariga borib ularga oziq-ovqat mahsulotlarini sovg‘a qildik.