Prezidentimizga tashakkur
Qishloq o‘qituvchi ayollar nomidan Prezidentimizga tashakkur
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7 sentabr № 02-PA 1-14825- son topshiriq xatiga muvofiq “15-oktabr —Xalqaro qishloq ayollari kuni”ga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish chora-tadbirlar dasturiga asosan 2022-yil 9-sentabrda 03-294 chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.
Mazkur chora-tadbirlar rejasining 1-bandiga muvofiq Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bilan birgalikda tumanlarda quyidagi 3 bosqichli (mahalla, sektor, tuman miqyosda) “Qishloq hududlaridagi eng namunali o‘qituvchi” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish belgilangan. Bu tanlovning o‘tkazilishidan asosiy maqsad o‘qituvchilarni mavqeyini yanada oshirish, mehnatini qadrlash va rag‘batlantirish, mahalla, oila, maktab konsepsiyasida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshishida, natijadorligida o‘qituvchining rolini oshirish, shuningdek, ular orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratishdan iborat. Bu tanlovni tashkil qilgan, chekka bir olisdagi ustozlarning qadr-qimmatini, ulug‘lagan mehnatini e’zozlagan, kamgina mehnatimizni cho‘qqilarga ko‘targan Prezidentimizga minnatdorchilik bildiraman. Tanlov 1-shart “Bu – mening faoliyatim” 2-shart “Muammoli vaziyat” 3-shart “Bilimdon o‘qituvchi ” shartlari asosida adolatli berlashuv olib bordik va “Eng fidoiy o‘qituvchi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdim. Bu g‘oliblik menga yanada ma’suliyat va kasbimga bo‘lgan hurmatimni yanada oshirdi desam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Xonqa tumani Madir qishlog‘I Ilg‘or mahallasi 7-son maktabining namunali o‘qituvchisi deya meni shu tanlovda qatnashishga loyiq ko‘rishgani uchun maktabimiz ma’muriyatiga ham alohida minnatdorchilik bildiraman.
Shohista Salayeva,
Xonqa tumani 7-son maktabTexnologiya fani o‘qituvchisi