Qadamlar tovushi
Qadamlar tovushi
Bir, ikki, uch…
Uydan chiqaman… Yo‘lda doimgidek besh litrlik yelim idishda sut olib ketayotgan keksa ayolga ko‘zim tushadi, ko‘cha boshidagi bekatda jonliq so‘yilgan, har hafta oxirida katta novvos yoki buqa so‘yiladi, mahalla ahli shu yerdan tandirdan qaynoq uzilgan deganlaridek, endigina so‘yilgan go‘sht olishadi, odam gavjum, mashina yo‘q…
To‘rt, besh, olti…
“Yomg‘irda turma” deb avtobuschi amaki olib ketadi, xursand bo‘lib chiqaman, lekin avtobus seni bir qancha joyga olib ketadi va yana shuncha joyga ortga qaytadi, bog‘zimga nimadir achchiq tiqiladi, kechikaman…
Yetti, sakkiz, to‘qqiz…
Metroga chiqaman, keyingi bekat “Do‘stlik”, shu yerdan “O‘zbekiston” yo‘lining “Do‘stlik” bekatiga o‘tiladi.
O‘n, o‘n bir, o‘n ikki …
Shoshilganim uchun metroning yaxshi qoqilmagan kafellariga qoqilaman, yurak urishi duk-duk-duk, atrofga qarayman mendan ham shoshilayotganlar borligini ko‘rib bir jihatdan xotirjam bo‘laman, katta sumka ko‘tarib olgan to‘lachadan kelgan ayol yo‘l so‘raydi. Chilonzorga qanday borishni tushuntiraman, xuddi o‘zi biladiganday rahmatni ham nasiya qilib ketadi, yo‘q men oldinlab ketaman. Beixtiyor ikki do‘stning suhbati quloqqa chalinadi: “Yaxshi yuribsanmi, oying, dadang yaxshimi, ukang qalay yuribti, haligi kuchuging tirikmi, o‘qishlaring qale, aytgancha ishlayapsanmi biror joyda?” O‘qishi qanday ekanini nega kuchukdan keyin so‘radi, o‘ylanaman… Keyingi bekat “Oybek”.
O‘n uch, o‘n to‘rt, o‘n besh… Telefonim jiringlaydi, “Kelyapsanmi, qizim? (Dugonalar bir-birimizni shunaqa chaqiramiz?) “Ha, boryapman, ustozga ayt yo‘q
qildirmay tur, hozir mana “Minor”dan chiqdim”. Universitetga kiraman, bulutli havodanda battar yurakni siquvchi bo‘lib ko‘rinadi xonalar, darslar birin-ketin o‘tadi:
On olti, o‘n yetti, o‘n sakkiz… Yana xuddi shu yo‘ldan uyga qaytaman:
o‘n to‘qqiz, yigirma … Ehtiyot bo‘ling, keyingi bekat “Do‘stlik”.
еrtasiga yana uydan chiqaman:
Bir, ikki, uch…
Mahliyo USMONOVA,
O‘zJOKU talabasi