Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!
Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining Tillar kafedrasi hamda Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻlimi tomonidan “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida “21-oktabr – “O‘zbek tili bayrami kuni””ga bag‘ishlangan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli shoir, taniqli jamoat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi muallifi, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning turmush o‘rtog‘i, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni sohibasi Hanifa Mustafoyeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir Bobur Bobomurod, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Birlashgan tahririyati mas’ul xodimi shoir, taniqli jurnaist Bahodir Valiyev, Favqulodda vaziyatlar vaziri maslahatchisi Habibullo Nuri t dinov, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilar, kursantlar hamda Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan, til – insoniyatga berilgan eng buyuk ne’matlardan biri ekanligini, jamiyat taraqqiyoti, tarix jarayonlari, eng avvalo, xalq hayoti, milliy mafkura tilda aks etishi, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘lishini, jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singishini, ona tili bu millatning ruhi ekanligi xususida keng fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek,tadbir qatnashchilarini o‘zlarining ijod namularidan boʻlgan, o‘zbek tilini madh etувчи she’rlar to‘plamidan bahramand etdilar.
Tadbir yakunida tashkilotchilar tomonidan tashkil etilgankitoblar yarmarkasi ishtirokchilarda iliq taassurotlar qoldirdi.
Malohat BADALBAYEVA ,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Akademiyasi katta o‘qituvchisi,
р odpolkovnik