“Qalbning oppoq daftari...”
O ‘ zbekiston xalq yozuvchisi O ‘ tkir Hoshimov mohir hikoyanavis , qissanavis , romannavis va dramaturg sifatida xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan nodir asarlar muallifidir . Shu bilan birga uning bir - biridan qiziqarli va mazmundor , xalqimiz hayoti va muammolari , milliy adabiyotimizning dolzarb masalalari yuzasidan yozgan ko ‘ pgina maqolalari ham diqqatga sazovor . Ana shunday maqolalardan biri “Qalbning oppoq daftari”dir.
Yozuvchi maqola boshida maktabda savodini chiqarib , chuqur ta ’ lim bergan ustozlariga , universitetda yuksak bilim bergan domlalariga hamisha ta ’ zimda ekanligini aytadi . O ‘ quvchilik davri haqida hikoya qilib , maktab direktori Odil Qayumov degan peda gog vafot etganida ko ‘ chaga odam sig ‘ may ketganligini , hatto DAN xodimi transport harakatini vaqtincha to ‘ xtatib turganini bayon qiladi . Ana , haqiqiy o ‘ qituvchining obro ‘ yi . Yozuv chi ayni paytda ham ana shunday fidoyi o ‘ qituvchilar borligi , ularning hurmatini joyiga qo ‘ yadigan shogird lar ham ko ‘ pligi , ammo keyingi paytlarda ba ’ zi pedagoglarning kiyinish madaniyati susayib ketgani , bolaning ilmiga qarab baholamay , olgan sovg ‘ alari evaziga baho qo ‘ yish hollari , shunchaki vaqtini o ‘ tkazish uchun ishlayotgan ilmsiz o ‘ qituvchi , domlalar ham topilishi haqida qayg ‘ urib yozadi : “ Murg ‘ ak bolaning oppoq qalb daftariga “ insoniylik ” degan so ‘ zni o ‘ yib yozish huquqi faqat o ‘ qituvchiga berilgan . Aytaylik, dehqon yerga nobop urug‘ sochsa, bir yil hosilsiz qoladi. Agar pedagog bolaning qalbiga nobop urug‘ sochsa-chi? Bu narsa bir umrlik fojiaga olib kelmaydimi? Bu fojia bir kishining emas, ko‘plarning fojiasiga aylanmaydimi? Shu bois men boshqa birorta kasbni o‘qituvchilik hunari bilan tenglashtira olmayman”.
O‘tkir Hoshimov maqolasida oliy o‘quv yurtlaridagi ahvol bundan battar ekani, ilmli bolalar qolib, tanish-bilishchilik orqali ilmsiz ba’zi yoshlar talaba bo‘lish hollari ham uchrab turishi haqida kuyinib yozgan edi.
Maqola e’lon qilingandan so‘ng adib muxlislaridan rahmatnoma tarzida yozilgan ko‘plab xatlar olgan. Lekin o‘sha payti ham, undan keyin ham ta’lim sohasida deyarli o‘zgarish bo‘lmadi.
Nihoyat oxirgi to‘rt yil ichida ta’lim sohasi tubdan isloh qilindi. Jumladan, o‘qituvchi zimmasidagi qo‘shimcha ishlar: viloyatlarda yig‘im-terim payti darsdan qolib, dalada o‘quvchilarning o‘qituvchisi bilan ishlashi, shaharda esa ko‘chalarni supurish-sidirish, oqlash-ko‘klash, kuzda esa yuqori sinf o‘quvchilari, talabalar, o‘qituvchi-domlalar, ishchilar – hamma paxta terish ishlarida qatnashar edi. Bularning barchasiga, nihoyat chek qo‘yildi.
Pedagog yangiliklardan doimo xabardor bo‘lishi, darslarni qiziqarli noan’anaviy – yangicha usulda o‘tishi va albatta, oliy ta’lim, xalq ta’limi sohasida ishlayotgan pedagoglar shaffoflikka to‘la amal qilishlari shart, deb bilaman. Lekin ba’zida, ayni vaqtda buning aksini ham uchratamiz. Ushbu muammoning yechimi shuki, shunchaki ishlayotgan bilimi past va poraxo‘rlik bilan shug‘ullanib kelayotgan o‘qituvchi-domlalar, yaxshisi, boshqa ishga o‘tganlari ma’qul.
Dunyoda ikki kasb egasi xatoga yo‘l qo‘yishga haqqi yo‘q. Birinchisi o‘qituvchi, ikkinchisi shifokor. Agarda o‘qituvchilar bolaga chuqur bilim bermasa, uning ma’naviy qashshoq bo‘lishiga zamin yaratadilar. Shifokor bemorni noto‘g‘ri davolasa, uni nogironligiga, ba’zida undan ham yomon oqibatlarga sababchi bo‘lishi mumkin.
Men ham ustozman. O‘qituvchidek sharafli nomga dog‘ tushirmay, O‘tkir Hoshimov ta’biri bilan aytganda, bolajonlarimizning oppoq, beg‘ubor qalb daftariga insoniylik, ezgulik, komillik, va albatta, ma’rifat urug‘ini sochaylik, aziz hamkasblar!
Guljamila A’ZAMXO‘JAYEVA,
O‘zbekiston Respublikasi
xalq ta’limi a’lochisi,