SHONLI YO‘LNI BOSIB O‘TGAN OLIY DARGOH
SHONLI Y O‘ LNI BOSIB O‘TGAN OLIY DARGOH
Poytaxtimizdagi 5-xalqaro to‘qimachilik haftaligi doirasida 2022-yil 13-oktabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining tashkil etilganligiga 90 yil to‘lishi munosabati bilan tantanali yubiley tadbiri tashkil etildi.
Tantanali tadbirda respublikamizning turli davlat tashkilot-larida o‘z faoliyatini davom ettirayotgan institutnining sobiq bitiruv-chilari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Rossiya, Belorussiya davlatlarining hamkor oliy o‘quv yurtlari rahbarlari, O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zcharmsanoat» uyushmasi, Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi rahbar va xodimlari, turli paxta tozalash, to‘qimachilik, yengil, matbaa va qog‘oz sanoat korxonalarining vakillari, dizaynerlar, xorijiy davlat elchilari, Oliy ta’lim muassasalari rektorlari, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlar hamdaommaviy axborot vosita-larining vakillari ishtirok edilar.
Tadbirni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad, institutning shonli 90 yil davomida erishgan yutuqlarini sarhisob qilish, ilmiy, nazariy faoliyati bilan keng jamoatchilikni tanishtirish hamda paxta tozalash, to‘qimachilik, yengil, matbaa va qog‘oz ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi yoshlarda o‘z institutiga nisbatan muhabbat tuyg‘usini yanada oshirishdan iboratdir.
Tadbirni institut rektori, O‘zbekiston Respublikasi Savdo - sanoat palatasi raisi – Davron Abdujalalovich VAXABOV ochib berdi. Institut o‘zining 90 yillik faoliyati davomida 58 000 dan ziyod yuqori malakali mutaxassislar, shu jumladan, 17 ta xorijiy mamlakatlarga 800 nafar oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlab berganligi, hozirgi kunda institutda 6 522 nafar talaba-yoshlar tahsil olayotganligi, ularga institutning 370 dan ortiq nafar professor-o‘qituvchilari, shu jumladan, 32 nafar fan doktorlari, 158 nafar fan nomzodlari, dotsentlar samarali ta’lim-tarbiya berib kelayotganligini ta’kidladi va barcha yubiley tadbir ishtirokchilarini samimiy tabrikladi.
XalqaroTo‘qimachilarAkademiyasiningAkademigi, 15 yildavomida shu institut rektorilavozimidasamaralifaoliyatko‘rsatgan - Xalimaxon ALIMOVA tadbirishtirokchilarini 90 yillik yubiley bilanmuborakbodetib, institutningtarixi, bugunivakelajagi to‘g‘risida amaliy maslahatlar berdilar.
Yubiley tadbirida ishtirok etgan barcha fahriy ustozlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Barcha ishtirokchilarga esa esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Tadbirda ishtirok etgan Fransiyaning Parij moda akademiyasining prezidenti - Jan-Filip VOKLYeR institut jamoasini qizg‘in muborakbod etdi va qo‘shma ta’lim dasturi doirasidagi hamkor-likni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarini bayon etdi.
Institutning “Kostyum dizayni” kafedrasi professor-o‘qituvchi-lari va tala-balari tomonidan va “Neo trikotaj”, “Nil-granit” ishlab chiqarish korxonalari tomonidan yaratilgan liboslarning namoyishi o‘tkazildi. Shuningdek, institutning shonli 90 yil davo-mida erishgan yutuqlari, moddiy-texnika bazasini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi.
Institut 90 yillik faoliyati davomida “To‘qimachilik Akade-miyasi”, “Matbaa o‘quv yurtlari Assotsiatsiyasi”, “Ipak Asotsiatsiyasi” kabi nufuzli xalqaro uyushmalarga a’zo bo‘ldi. Xorijiy mamlakatlarning 48 ta turdosh oliy o‘quv yurtlari bilan mustahkam aloqalar o‘rnatgan. Bularningorasida Germaniyaning Berg, Belgiyaning Gent, Rossiyaning Moskva to‘qimachilik va matbaauniver-sitetlari, Sankt-Peterburg to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Ivanovo to‘qimachilik, Kostroma to‘qimachilik universitetlari, Gretsiyaning Pirey texnologiya institutiva boshqalar bor.
Mamlakatimiz rahbari - Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan ta’lim tizimini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish vazifasi qo‘yilgan. E’tiborlisi, davlat-xususiy sheriklik tamoyili mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida 1-bo‘lib Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan amaliyotga tadbiq qilinmoqda. Bu borada yaqin hamkor sifatida Buxorodagi “BCT Cluster” va Quyi Chirchiq tumanidagi “TST Cluster” paxta-to‘qimachilik klasterlari tanlandi. Institut va shu ikki klaster o‘rtasida “Kadrlarni maqsadli tayyorlash, o‘quv-ilmiy va marketing sohalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik” to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Shu tariqa tomonlarning davlat-xususiy sheriklik asosidagi hamkorligiga mustahkam zamin yaratildi.
Institut talaba-yoshlari 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahar va Toshkent viloyatining to‘qimachilik, yengil, matbaa sanoat korxona-larida “DUAL TA’LIM TIZIMI”da haftaning 3 kunida o‘qib, 3 kunida amaliyot o‘tamoqdalar. Buning afzal jihatlari ko‘p. Professor-o‘qituvchilar jarayondan muntazam xabardor bo‘lishsa, talaba-yoshlar esa yangi texnika, texnologiyalar bilan tanishib, ularda ishlash ko‘nikmalarini o‘rganadilar. To‘qimachilik sanoatida texnologiyalar har uch yilda yangilanadi. Moda har yili o‘zgaradi. Demak, yangimatopaydobo‘layapti. Uning strukturasi boshqa, fakturasi, rangi boshqa. Buyangilan ishlarga tayyorturishlari, moslash uvchan bo‘lishlari kerak. Bu esa zamonaviy bilim va texnologiyalarni o‘zlashtirgan yangi avlod kadrlarini tayyorlashni taqoza etmoqda.
Kelajagi buyuk Vatanimizga ma’naviy barkamol, komil insonlar - munosib mutaxassislarni tayyorlash, shonli yo‘lni bosib o‘tgan institut jamoa a’zolarining yuksak va sharafli burchi bo‘lib qolaveradi.
Abdusattor ABDUGAFFAROV,
Toshkent to‘qimachilik va yengil
sanoat instituti dotsenti