SUV – OFAT
Kuchli yomgʻir yogʻishi natjasida suvlarning sathi keskin koʻtarilib, daryo, koʻllarga sigʻmaydi va natijada ekin maydonlarini turar-joy massivlarini, yoʻllarni suv bosadi va ularni izdan chiqaradi. Bundan tashqari, elektr energiya, aloqa uzatgichlar, melliorativ tizimlar ishdan chiqadi, chorva mollari, qishloq xoʻjaligi ekinlari yoʻq boʻlib ketadi, xomashyolar, yoqilgʻi, oziq-ovqatlar, mineral oʻgʻitlar va boshqa muhim mahsulotlar yaroqsiz holga keladi, yoki butunlay yoʻq boʻlib juda katta miqdorda moddiy zarar koʻrilib, insonlarni yaxshi hayot kechirishiga halaqit qilishi mumkin. Suv toshqini turli joylarda, jumladan, Oʻzbekistonda ham tez-tez boʻlib turadi. Masalan, 1992-1995-yillarda koʻpgina viloyatlarda Xorazm, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo va boshqa joylarda juda katta ekin maydonlari suv ostida qolib, oqibatda juda katta moddiy zarar koʻrildi. Kuchli yomgʻir yogʻishi natijasida, suv toshqini 1993,1994, 1995,2000, 2001-yillarda Evropa davlatlarida ham kuzatilib, bularning oqibatida nafaqat moddiy zarar, balki hisoblab boʻlmaydigan maʼnaviy zarar- insonlar oʻlimi yuz berdi. Oqar daryolarda suvlarning sathi muzliklar bilan qoplanishi ham suvning oqimiga qarshi toʻsiqlar (toʻgʻonlar) hosil boʻlishi natijasida suv toshqini roʻy berishi mumkin. Bu xildagi toshqin 1992-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida Amudaryo oqib oʻtadigan uchta tumanda kuzatildi. Natijada muz toʻgʻonlarni samolyotlardan portlatish bilan eritildi va mintaqani suv bosish xavfi bartaraf etildi. Suv toshqini kanallar va suv saqlaydigan omborlarning turli sabablarga koʻra ishdan chiqishi oqibatida ham kuzatilishi mumkin. Umuman kanallar, suv omborlari, suv energiyasi, suv yoʻllari hamda suvning oʻzidan foydalanish maqsadida quriladi. Hozirgi vaqtda MDH davlatlarida suv sigʻimi 1 million metr /kub dan ortiq boʻlgan suv omborlari mingtaga yaqin boʻlib, ularning suv sathi 116000 kilometr/kub ga teng. (shundan 53 ta suv ombori Oʻzbekiston xududida joylashgandir) bu suv omborlarida 55,5miliard metr/kubdan ortiq suv saqlanib, ular orqali qishloq xoʻjaligi suv bilan taʼminlanib, katta iqtisodiy samara olinadi.
Husan MAMAJANOV,
Turkiston YXTTEB kichik inspektori, katta serjant