Saxovat tadbiri
Saxovat tadbiri
Yaqinda Toshkent davlat yuridik unversiteti talabalari tashabbus ko‘rsatib Toshkent shahridagi 1-mehribonlik uyi, Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida joylashgan 5-mehribonlik uyi, hamda Toshkent shahar 77-son ko‘zi ojizlarga ixtisoslashgan maktab internatiga va nogironligi bor shaxslar bilan ishlaydigan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazidagi mehrga muhtoj shaxslarga Ramazon hayiti munosabati bilan saxovat tadbirini o‘tkazdi.
Bolajonlar “Sadaf” to‘yxonasiga chaqirildi. Ularga bayram dasturxoni yozilib, homiylarning svg‘a-salomi ulashildi. El suygan xonandalar ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi.
Unversitetning ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Sherzod Po‘latov ko‘magi bilan talabalar turli ertak-qahramonlari obraziga kirib, sahna ko‘rinishlari namoyish etdi. Shu obrazda bolajonlar bilan raqsga tushdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan TDYUU yoshlar masalasi bo‘yicha prorektori Ahrorxon Hoshimxonov, tashrif buyurgan mehmonlarga samimiy tilaklar bildirdi. A.Hoshimonov talabalarni o‘zi bu borada tashabbus ko‘rsatgani, “Qaqnus” xayriya fondini ochib, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga yordam berayotganini e’tirof etib, unversitet rahbariyati va jamoasi bu borada har qanday yordam berishga tayyorligini aytib o‘tdi.
15-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Durdona Ergashova Yuridik unversiteti jamoasiga o‘zining tashakkurini izhor etdi:
— Odatda bayram kunlari o‘zimizni yolg‘iz his etamiz. Bugun universitet ustozlari va talabalari bizni yolg‘izlatmadi. Akamiz o‘rnida aka, opamiz o‘rnida opa, ota-onamiz o‘rnida mehr bergan ustozlarga va akalarimga cheksiz tashakkurimni aytaman.
Bayram yakunida tashrif buyurgan 200 nafar bolajonlarga homiy ustozlar va talabalarning sovg‘alar ulashildi.
Ta’kidlash joizki, unversitetda kontrakt to‘lashga qiynalgan talabalar komissiya tomonidan(sharoti va hujjatlari) o‘rganilib ularning kontraktining to‘lanishida yordam berib kelinmoqda. Bu kabi xayriya tadbirlari davomiyligi kishining ko‘nglini ko‘taradi.
Shermuhammad DEHQONOV,
Huquqshunos bloger