Seni Vatan, unutmaydi, Orasta!
Adabiyot
Seni Vatan, unutmaydi, Orasta!
Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan Vatan muxorabasida yuzlab va minglab er yigitlar safida, Ozarbayjon Qurolli Kuchlarining serjanti va harbiy feldsheri, yagona ayol shahid – Orasta Karim qizi Baxishova ham bor. U o‘zining sadoqatli burchini ado etish chog‘ida dushmanlar zulmiga uchrab, bu dunyo bilan vidolashdi. Orastaning o‘lmas xotirasiga bag‘ishlab yozilgan quyidagi she’rni siz o‘quvchilarga havola qilamiz.
Qardosh xalq shoirining she’rini ozar tilidan Gulzira Sharipova o‘zbek tiliga o‘girgan.
Jo‘shqun Xalil o‘g‘li,
Ozarbayjon shoiri, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasining a’zosi
Orasta:
– Onajon, harbiyda xizmat qilmoq qarorim,
Sen bilasan Vatan ham, sening kabi viqorim.
Ikki bolam qoladi, bugun senga omonat,
Tez kunda zafar quchar, haq ishimiz-adolat.
Qorabog‘siz yashamoq biz uchun malomatdir.
Ayriliq bo‘lganda ham, sen g‘am yema, qismatdir.
Quchoqlab onasini, o‘pib yuzu-ko‘zidan;
-Mardon, Zahro, chiqmangiz, momongizni so‘zidan.
Buyursa quyosh porlab, ochilar oydin sahar,
Yuragim sezayapti, qozonamiz biz zafar.
Ona ming aziyatla o‘stirgandi farzandin,
Tinmay duo qilardi;-Qizin Alloh asrasin!
Uchrashib ayrilganda, Orasta g‘amli edi,
Onasi ham sukutda, ko‘zlari namli edi.
Biroq qaror qat’iydir, boshqacha bo‘lolmaydi,
Bizning ota makonda yog‘iylar qololmaydi.
Armiyaning xizmati hamma bilar qiyindir,
Ayol harbiy bo‘lsachi, irodasi metindir.
Orasta xizmatini o‘tar edi g‘ayratla,
Hech ham xushi yo‘q edi bekorchi so‘z g‘iybatga.
Alloh unga bergandi shu qadar ulkan yurak,
Xizmatdoshlari uchun bo‘ldi opa-singildek.
Boshlanib muhoriba, o‘yladi, yetdi maqom,
Yog‘iylardan olamiz, jasoratla intiqom.
U jonidan sevardi, bu tuproq,Vatanini,
Xuddi shu maslak uchun qurbon qildi jonini.
U qancha yaradorga ko‘rsatdi yordam har kun,
Yotmasdi biror muddat, deya bor bo‘lsin qo‘shin.
Yarador askarlarni inisidek bilardi,
Ular bilan quvonib, ular bilan kulardi.
Mana Orasta xonim urush maydonidadir,
Jasur, mard askarlarning hamon u yonidadir.
Silkinadi tog‘-dara, yuksakdan olov yog‘ar,
Yaxshilik-yomonlik ham go‘yoki so‘zin aytar.
Ana, askarlardan biri hozir ham yaralandi,
Birining qo‘li tushib, oyog‘i poralandi.
Orasta xoxladiki, yaradorni chiqarsin,
Va shu atrofdagi mintaqaga oborsin.
Shu lahzada dushmanning o‘qlariga duch keldi,
Chehrasi bir nurlanib, shahidlikka yuksaldi.
Shahid bo‘ldi Orasta, yo‘l kesishdi jannatda.
Tangri sevib tanladi,uni abadiyatga.
Orasta bir gul edi, bunday gul hech vaqt so‘lmas,
Tuproqqa qon oqmasa, tuproqdan Vatan bo‘lmas.
Yerda qoning qolmadi, Orasta shahid singlim,
Shahid qardoshlariga yagona vohid* singlim.
Shushada viqor ila xilpiradi bayrog‘im,
Ozod bo‘ldi dushmandan ota yurtim, tuprog‘im!
*Vohid – yolg‘iz,bir dona