SHAXMAT BARCHA UCHUN
O‘zbekistonni shaxmat mamlakatiga aylanmoqda. O‘tgan yili O‘zbekiston terma jamoasi Hindistonning Chennay shahrida boʻlib oʻtgan Butunjahon 44-shaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etgani va dunyo davlatlarining 188 ta jamoasi orasida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Olimpiada chempioni degan yuksak sharafga sazovor boʻlgan edi. Terma jamoamiz vakillarining barchasi yoshlardan tashkil topgani quvonarlidir. Ayni damda butun dunyo nigohi O‘zbekistonda, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.
O‘zbekistonda eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxmatchilar dunyoda o‘z mavqeiga ega. Misol uchun o‘tgan yilning 14–24-sentabr kunlari Polsha poytaxti Varshava shahrida karlar o‘rtasida Shaxmat bo‘yicha jamoaviy jahon chempionatida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, musobaqa kumush medallariga ega chiqishgan edi.
13-14-mart kuni Toshkent shahridagi kar va zaif eshituvchi maktab o‘quvchilar o‘rtasida Toshkent shahar kubogi tashkil etildi. Musobaqada 101, 102, 106-ixtisoslashtirilgam maktab-internati o‘quvchilari bellashishdi. Musobaqa Shayxontohur tumani BO‘SM, Toshkent shahar karlar sport assotsiatsiyasi hamda 102-zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus maktab-internati bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Murosasiz kechgan bahsda quyidagi o‘quvchilar g‘olib va sovrindor bo‘lishdi:
3–7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida
1-o‘rin – Turg‘anboyev Sardor 106-zaif eshituvchi maktab-internati
2-o‘rin – Yuldashev Javohir 106-zaif eshituvchi maktab-internati
3-o‘rin – Erkinov olmasjon 106-zaif eshituvchi maktab-internati
8–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida(o‘g‘il bolalar)
1-o‘rin – Shayusupov Marsel 102-zaif eshituvchi maktab-internati
2-o‘rin – Do‘stmurodov Bobur 106-zaif eshituvchi maktab-internati
3-o‘rin – Abdulmajidov Dilshod 106-zaif eshituvchi maktab-internati
Musobaqa yakunida Shayxontohur tumani BO'SM direktori Sherzod Ziyamatov, 102-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Ra’no Mirfayozova va Toshkent shahar Karlar sport assotsiatsiyasi rahbari Elvira Ligay so‘zga chiqib, g‘olib va sovrindorlarni medal va diplomlar bilan taqdirlashdi.
Mamurjon AXLIDINOV,
O'zJOKU 4 bosqich talabasi