Sirdaryo viloyatidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Sirdaryo viloyatidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 202 2- yil 7-mart dagi 101-son farmoyishiga asosan Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida yaqinda “ Ta’lim tizimida fan, innovatsiya va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollari: muammo va yechimlar ” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Xalqaro ilmiy-amaliy kоnferensiyada AQSH, Mavritaniya, Hindiston kabi mamlakatlardan xorijlik mutaxassislar, Respublikamizning yetuk akademik va professorlari tomonidan raqamli texnologiyalarning ta’lim tizimidagi o‘rni haqidagi dolzarb mavzularga bag‘ishlangan ma’ruzalari tinglandi. Konferensiya o‘ zbek, rus va ing i liz tillarida olib borildi. Konferensiyadan so‘ng Sambhram unversiteti bilan tuzilgan memorandumga muvofiq universitet professorlari Redappa Naidu, Pajappa Bassavazingappalar tomonidan malaka oshirish kursi tinglovchilariga master klasslar o‘tildi. Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi mudiri Otabek Daminov bilan Sambram unversiteti professor-o‘qituvchilar viloyat, shahar, tuman, maktablariga tashrif buyurishdi.
Tashrif chog‘ida, Viloyat shahar va tuman umumta’lim maktab bitiruvchilari va o‘qituvchilari bilan kasbga yo‘naltirish ishlari bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi. Konferensiya ma’ruzachilarga rahbariyat tomonidan esdalik sovg‘alari va sertifikatlar taqdim etildi. Bunday konferensiyalarni o‘tkazishdan maqsad, zamonaviy ta’limga fan, innovatsiya va raqamli texnologiyalarni joriy qilish jarayonida xalqaro tajribalardan foydalanishga doir xalqaro va mahalliy ilmiy tadqiqotlarni toʻplash, tajribalarni oʻrganish, aniqlash va ommalashtirishdir.
Konferensiya qiziqarliligi, dolzarbliligi, zamon ruhiga mosligi bilan ishtirokchilarga manzur bo'lib, tashrif buyurgan mehmonlar tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.