TURAR-JOY BINOLARINI QURISHDA MATERIALLARDAN FOYDALANISH
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisini turar-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, ularning yashash sharoitini yaxshilash uchun qurilishni yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhim ahamiyatga ega. Keyingi yillarda Respublikamizning barcha hududlarida shaharlar, tuman markazlari, qishloqlar qiyofalari o‘zgardi va obodonlashdi. Ushbu turar-joylarni mahalliy qurilish materiallaridan qurish uy-joylar bahosining kamayishiga, ya'ni arzonlashishiga olib kelmoqda. Mahalliy qurilish materiallari asosida issiklik energiyasini tejovchi binolar qurish nafaqat respublikamizda, balki butun dunyoda eng dolzarb masalalardan biriga aylangan. Ayniqsa, ularni yong‘inga chidamli va yong‘in vaqtida o‘zidan zaharli gazlar chiqarmaydigan materiallardan qurish soha mutaxassislari zimmasiga mas'uliyatli vazifalar yuklaydi.
Turar-joylarda qurilish konstruksiyalari, mebel, kiyim-kechak, gilamlar, issiqlik va tovushni izolyasiya qiluvchi materiallar yonishi mumkin. Ochiq alanga, elektr energiyasining issiqlik ta'siri va boshqalar yondirish manbalari bo‘lib xizmat qiladi. Yong‘inlar asosan qishki mavsumda xonalarda isitish mavsumining boshlanishi bilan ortib boradi. Coha mutaxassislarining izlanishlaridan ma'lumki, eshik, deraza, devor, pol va shift yuzalarining juda katta miqdordagi issiqlik energiyasi yo‘qotilar ekan. Shuning uchun barcha energiya samarador binolar to‘suvchi konstruksiyalarining issiqlik energiyasini tejash imkoniyatini kompleks o‘rganish talab etiladi. Demak, energiya tejovchi binolarni barpo etishda binoning barcha konstruktiv elementlarining xossalarinini o‘rganish zarur. Ota-bobolarimiz uylarni shunday qurishga intilganlarki, bu uylar issiqlikni samarali saqlagan va kam resurs talab qilgan. Masalan, uylarning energiya samaradorligini oshirish maqsadida qurilgan pechlar issiqlikni yaxshi saqlaydigan, kalin devorlar bilan ajralib turgan va uning mo‘rilari labirint murakkab konstruksiyaga ega bo‘lgan. Uyning tashqi devorlari qalin paxsa yoki pishiq g‘ishtdan qurilgan.
Bunday konstruktiv materiallar ishlatilganda qishning juda sovuq kunlari ham xona ichidagi haroratni bir me'yorda saqlab turishga erishilgan. Derazaning umumiy yuzasi devor yuzasiga nisbatan 10% dan oshmagan. Xonalarning shimol tomoniga derazalar qo‘yilmagan.
Hozirgi kunda soha mutaxassislarining izlanishlaridan tashqi devor, eshik, deraza, pol va tom konstruksiyalari yuzalaridan issiqlik energiyasi tashqariga chiqib ketishi mumkinligi aniqlangan. Bunda, binoning konstruktiv elementlari zamonaviy issiqlikni izolyasiyalovchi materiallar bilan to‘silmasa, tashqi devor yuzasidan 26%, eshik va derazalardan 41%, poldan 9% va tomdan 24% issiqlik energiyasi tashqariga chiqib ketishi mumkin. Bu masalani o‘rganish jarayonida turli zamonaviy qurilish materiallarining issiqlikni izolyasiyalash ko‘rsatkichlari tahlil qilinishi hozirgi kunning dolzarb muammosi hisoblanadi. Demak, turar-joy binolarini qurishda binolarning energiya samaradorligini oshirish uchun zamonaviy issiqlikni izolyasiyalovchi materiallardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Shaxnoza MAXAMATJANOVA ,
T urkiston san ’ at saroyi YXTTEB katta inspektori , kapitan